Hurmatli mijozlar!

Sizga mamnuniyat bilan xabar beramiz, XATB “Davr Bank” Xalqaro VISA Classic plastik kartalarini ishlab chiqarishni boshladi. Endi siz, bizning filiallarimizda VISA Classic plastik kartalarini egasi bo’lishingiz mumkin.

Davr Bankda VISA Classic xalqaro plastik kartasini olish orqali, siz butun dunyo bo’ylab xaridlarni osonlik bilan amalga oshirishingiz, aviachiptalar va mehmonxonalarga buyurtma berishingiz mumkin. Shuningdek, Internet xaridlar va xizmatlar uchun pul o’tkazishingiz va VISA logotipi bo'lgan dunyoning istalgan nuqtasida naqt pul yechishingiz mumkin.

Qo'shimcha ma'lumot uchun Bankning axborot xizmatiga murojat qiling: (71) 207 40 40