Bank kartangiz maʼlumotlarini hech kimga yubormang!
18.10.2023
Hozirda firibgarlar plastik kartalardan pul o‘g‘irlashning tobora yangi usullarini o‘ylab topishmoqda. Yuqoridagi video rolikni oxirigacha ko‘rib chiqishni tavsiya qilamiz.
O‘zingizni firibgarlardan himoya qilish yo‘llarini yodingizda tuting!
1. Bank kartalaringiz haqida maʼlumotlarni hech kimga bermang. Ayniqsa SMS kodlarni.
2. Internetdagi reklamaga ishonishdan hamda turli lotereyalarda ishtirok etishdan avval ushbu sayt haqiqiy ekanligiga ishonch hosil qiling, nima bo‘lganda ham shaxsiy maʼlumotlaringizni begonalarga taqdim etmang!
3. Suhbatdoshingiz ishonchli tuyulib, sizga katta foyda vaʼda qilsa ham, begonalarga hech qanday pul mablag‘larini o‘tkazmang. Ularga ishonmang. O‘zingizni va yaqinlaringizni firibgarlardan saqlang.
Ogoh bo‘ling!