Davr Bank tomonidan YTTBning “Markaziy Osiyoda tadbirkor ayollar” dasturi doirasida Biznes-trening tashkil etildi.
22.07.2022

other



    Davr bank Yevropa Tiklanish va Taraqqiyot Banki, German Sparkassenstiftung for International Cooperation, IPC – Internationale Projekt Consult bilan hamkorlikda ayol tadbirkorlarning moliyaviy savodxonligi va faolligini oshirishga qaratilgan “Markaziy Osiyoda tadbirkor ayollar” dasturini ishga tushirdi. Ushbu dastur doirasida joriy yilning 22 iyul kuni “Ijtimoiy tarmoqlarda biznesni rivojlantirish” mavzusida trening o‘tkazildi.
    Trening Toshkent shahridagi yetakchi IT kurslarni taqdim etuvchi “Proweb” o‘quv markazidan taklif etilgan malakali mutaxassis Asadbek Nishonov tomonidan olib borildi.


other



    Tadbir davomida ijtimoiy tarmoqlarda biznesni qanday qilib rivojlantirish mumkin? Ijtimoiy tarmoqlarda biznes akkauntlarni yaratish jarayoni, Auditoriya bilan qanday muloqot qilish kerak? degan masalalar ko'rib chiqildi.
    Eslatib o‘tamiz, “Davr Bank” O‘zbekiston va Markaziy Osiyoda, Yevropa tiklanish va taraqqiyot bankining (YTTB) “Biznesda ayollar” kompleks dasturiga birinchi bo’lib qo‘shilgan banklardan biridir. Ushbu loyihaning asosiy vazifasi moliyaviy, konsalting va ta’lim yordamini ko‘rsatish orqali ayollarning tadbirkorlik faoliyatini rag‘batlantirish va qo‘llab-quvvatlashdir. Loyihani amalga oshirish davomida ayollarning tadbirkor sifatida shakllanishida kompleks xizmatlar ko‘rsatilishini yo‘lga qo‘yish, moliyaviy savodhonligini oshirishga alohida eʼtibor qaratish ko‘zda tutilgan.


other



    Ma’lumot uchun Davr bank tadbirkor ayollar uchun "Zamona" xizmatlari to'plamini taklif etadi. U “Zamona Credit” va “Zamona Start” kredit mahsulotlari, shuningdek, “Davr New” va “Bepul” tariflari xizmatlarini o`z ichiga oladi. Bundan tashqari, Bank mijozlari tajriba oshirish uchun seminar va treninglar kabi xizmatlardan foydalanishlari mumkin bo`ladi.

Instagram: https://www.instagram.com/davrbankuz/
Telegram: https://t.me/davrbankuz
Murojaat uchun raqamlar: 1284; +998 71 207 40 40; +998 71 207 09 09.
Manzil: Toshkent sh., Olmazor tumani, Shimoliy Olmazor, ko’ch. 17B uy.



ico
Ariza holatini tekshiring

Ilova kodini kiriting