Davr Bankdan Yangi Yil aksiyasi
15.12.2022
Davr Bank bilan kapitalingizni oshiring va Turkiya boʻylab sayohat chiptasini yutib oling.
Davr Bank Yangi Yil aksiyasiga start berdi. Faqat 15 dekabrdan 15 fevralgacha ushbu aksiyada barcha ishtirok etishi hamda Turkiya bo'ylab 7 kunlik turni yutib olishi mumkin!
Yangi Yil bu ko'plab sovg'alar ulashiladigan, orzular amalga oshadigan va kutilmagan mo'jizalar sodir bo'ladigan vaqtdir! Bu vaqtda hattoki ushalishi qiyin bo'lgan orzular ham ro'yobga chiqishi mumkin! Yangi Yil aksiyalarini boshlash hamda sovg'alar ulashish vaqti keldi. Bunday imkonni qo'ldan boy bermang! Shartlari juda oddiy bo'lib, ular ketma-ketlikda amalga oshirilishi kerak!
ONLINE DAROMAD PLUS Davr Bankning yangi omonati bo'lib, boshqalaridan o'zining qulay hamda daromadli shartlari bilan ajralib turadi. Xo'sh, uning afzalliklari nimada ekan? Ushbu muddatli omonat 13 oy mobaynida sizning mablag'ingizni 24% ga ko'paytirish imkonini beradi! Ma'lumot o'rnida shuni eslatib o'tamiz, omonat foizi butun davr mobaynida o'zgarmaydi ya’ni birinchi oydan yillik 24% hisob-kitob qilinadi! Omonatni muddatidan oldin yechib olish mumkin lekin bu holatda yillik 19% dan hisoblanadi. Omonatni istalgan paytda to'ldirib borish ham mumkin! Omonat qo'yishning minimal pul miqdori 500 000 so'mdan boshlanadi. O'z mablag'ingizni ko'paytirish bilan bir vaqtda, aksiya ishtirokchisiga ham aylaning!
Aksiya shartlari:
1. DAVR MOBILE ilovasini yuklab oling hamda Davr Bank kartasini oching;
2. 500 ming so'mdan boshlab, xohlagan miqdorda ONLINE DAROMAD PLUS omonatiga pul qo'ying;
3. Davr Bankning ijtimoiy tarmoqlardagi barcha sahifalariga obuna bo'ling;
G’oliblar aksiya tugaganidan keyin Instagram sahifamizda tasodifiy raqamlar generatori yordamida tasodifiy tarzda aniqlanadi.
G‘oliblar quyidagi sovg‘alarga ega bo‘ladilar:
1-o‘rin: 2 kishilik Turkiyaga sayohat + hamkorimiz “Sharshara” savdo belgisidan Yangi Yil savati;
2-o‘rin: Maishiy texnika + hamkorimiz “Sharshara” savdo belgisidan Yangi Yil savati;
3-o‘rin: 3,5 million pul mukofoti hamda hamkorimiz “Sharshara” savdo belgisidan Yangi Yil savati;
Sizni qiziqtirgan qo'shimcha ma'lumotlar uchun Davr Bank call-markazining 1284 qisqa raqamlariga murojaat qilishingiz mumkin!
Yangi Yilni Davr Bankdan ajoyib sovg'alar bilan kutib oling!
Aksiya qoidalari yuklab olish