Yevropa Tiklanish va Taraqqiyot Banki va Davr Bank tomonidan “Markaziy Osiyoda tadbirkor ayollar” dasturi ishga tushirildi
13.05.2022

other


    Yevropa Tiklanish va Taraqqiyot Banki, German Sparkassenstiftung for International Cooperation, IPC – Internationale Projekt Consult hamda Davr bank bilan hamkorlikda ayol tadbirkorlarning moliyaviy savodxonligi va faolligini oshirishga qaratilgan “Markaziy Osiyoda tadbirkor ayollar” dasturini ishga tushirildi.

other


     Poytaxtimizda ushbu dastur doirasida “Tadbirkor ayollar” mavzusida ilk seminar oʼtkazildi.

other


    Tadbirda Davr Bank va YeTTBning Kichik biznes boʻyicha maslahat xizmati ayollarni tadbirkorlik faoliyatida qoʻllab-quvvatlash imkoniyatlarini va kelgusida ulardan foydalanish boʻyicha istiqbolli yechimlarni taqdim etdi. Seminar davomida kichik biznes uchun know-how tarzida maslahatlar hamda “Biznesni rivojlantirish uchun ijtimoiy tarmoqlarda marketing” mazusida mahorat-darsi boʼlib oʼtdi.

other


    “Markaziy Osiyoda tadbirkor ayollar” dasturi biznesdagi ayollarni moliya, nou-xau va texnik maslahatlardan foydalanishda koʼmaklashish orqali tadbirkorlik va biznesdagi ishtirokini ragʼbatlantiradi. Uning doirasida trening va seminarlar tashkil etilib tadbirkorlik faoliyati bilan shugʼullanuvchi ayollarning muammolariga yechim topish maqsadida “Biznes konsalting” xizmatlari koʼrsatiladi.

other


    Kichik biznes subʻektlarini qoʼllab-quvvatlash imkoniyatlari haqida batafsil maʻlumotni Davr Bankning veb-sayti: http://zamona.davrbank.uz/ va YeTTBning Facebookdagi https://www.facebook.com/ebrd.sme.uzbekistan sahifasidan olishingiz mumkin.


ico
Ariza holatini tekshiring

Ilova kodini kiriting