Firibgarlarni qanday aniqlash mumkin?
07.02.2022

Masofaviy ulanish dasturlari: Firibgarlarni qanday aniqlash mumkin?



            Masofaviy ulanish dasturi o'zi nima?
      Eng keng tarqalgan dasturlar - AnyDesk va TeamViewer. Bunday dasturlar boshqa odamlarga kompyuteringiz yoki telefoningizga masofadan ulanishga yordam beradi.

other

      Ikkala dastur ham litsenziyalangan va hech qanday xavf tug'dirmaydi. Biroq, firibgarlar ularni boshqa, o'zlarining g'arazli maqsadlarda ishlatishlari mumkin.

            Bu qanday ishlaydi?
      Qurilmaga masofaviy ulanish uchun siz ushbu dasturni unga o'rnatishingiz kerak.
      Dastur tomonidan berilgan ulanish uchun berilgan kodni qurilmangizga kirishni xohlagan kishiga berishingiz kerak bo’ladi. Kodni bilmasdan qurilmangizga ulanish imkonsiz.
      Yagona usul - potentsial jabrlanuvchini ush bu raqamlarni aytib berishga ishontirish.

            Firibgarlar ushbu dasturlardan qanday foydalanishadi?
      Odatda firibgarlar qurbonlarga aloqaga chiqib, o‘zlarini bank xodimlari sifatida ko‘rsatishadi. Qurbonlarni ularning kartasidan xalqaro pul o'tkazmasini amalga oshirishga, pul mablag'larini yechib olishga, kredit olishga yoki boshqa operatsiyani bajarishga harakat qilganliklariga ishontirishadi.
      Suhbatdoshni qo'rqitib mablag'ingizni "himoya qilish" ni taklif qiladi.
      Buning uchun sizdan AnyDesk yoki TeamViewer dasturining "qo'llab-quvvatlash ilovasini" yuklab olishingiz kerakligini aytishadi.
      Va ulanish uchun maxsus kodni olgandan so'ng, sizning qurilmangizda saqlanadigan loginlar, parollar, kartadagi jamg'armalar va mablag'lar haqidagi ma'lumotlarni ko'rishlari mumkin.

            O'zini bank xodimi deb tanishtirgan suhbatdosh shunday dastur o'rnatishimni so'rasa nima qilishim kerak?
      Haqiqiy bank xodimlari hech qachon sizdan u yoki bu dasturni o'rnatishingizni so'ramaydi. Buni so’ragan suhbatdoshingiz firibgar bo'lishi mumkin.
      Taklif etilgan dasturlarni yuklab olmaslik kerak va telefon suhbatini to'xtatib, kontaktni blokirovka qilish yaxshiroqdir.

            Agar masofaviy ulanish dasturini allaqachon yuklab olgan bo'lsam nima bo'ladi?
      Agar siz dasturni allaqachon yuklab olgan bo'lsangiz, ulanish uchun maxsus kodni har qanday holatda ham aytmang
      Agar siz allaqachon kodni aytgan bo'lsangiz, qurilmalarni darhol o'chiring.
      Kompyuteringiz yoki telefoningizdan masofaviy ulanish dasturini o’chirib tashlashni unutmang.

            Firibgarlar mening bank ilovamga mening ishtirokimsiz kira oladimi?
      Yo'q. Bank o'z ilovasini imkon qadar xavfsiz tarzda ishlab chiqadi.
      Begona shaxsning onlayn-bankiga kirishi uchun firibgar karta yoki hisob egasining yordamiga muhtoj bo'ladi.
      Odatda bu “ulanish kodlari”, “CVV kodlari”, “SMS kodlari” va parollarni kiritish so'rovidir.

            Xavfsizlikning asosiy qoidasi
      Unutmang! Haqiqiy bank xodimlari sizdan bunday ma'lumotlarni so'ramaydi.
      Har qanday holatda ham kod ma’lumotlarni va parollaringizni uchinchi shaxslarga oshkor qilmang.
      Ushbu qoidalarga rioya qilish orqali siz firibgarlarini osongina tanib olishingiz va ularning o'ljasiga tushmasligingiz mumkin.



ico
Ariza holatini tekshiring

Ilova kodini kiriting