Endilikda to‘lov hujjatlarida tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanuvchi jismoniy shaxslar va yakka tartibdagi tadbirkorlar STIR o‘rniga JShShIRni ko’rsatishlari lozim.
01.04.2022
XATB “DAVR BANK” 9 apreldan jismoniy shaxslar barcha to‘lov hujjatlarida STIRi (soliq to‘lovchining identifikatsiya raqami) o‘rniga, to‘lov hujjatining “to‘lovchining identifikatsiya raqami” deb nomlangan rekvizitida ularning JSh ShIR (jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqami) ko‘rsatilishi majburiy hisoblanishi haqida ma’lum qiladi. Shu munosabat bilan, tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanuvchi jismoniy shaxslar va yakka tartibdagi tadbirkorlar to‘lovni amalga oshirish maqsadida to‘lov hujjatlarini rasmiylashtirayotganda o‘zlarining JSh ShIRlari to‘g‘ri va to‘liq kiritishlari lozim.
Shu bilan birgalikda, barcha xo‘jalik yurituvchi subʼektlardan to‘lov talabnomalari va inkasso topshiriqnomalarini rasmiylashtirishda JSh ShIRlari to‘g‘ri kiritilayotganligiga eʼtiborli bo‘lishlari so‘raladi.