Valyuta ayirboshlash haqidagi asossiz xabarlarga rasmiy bayonot!
29.11.2022
Bugungi kunda "Tijorat banklarida 1000$ dan ortiq miqdordagi valyutalarni ayirboshlash ta'qiqlangan" degan xabarlarga rasmiy bayonot berib o'tamiz. Davr Bankning barcha kassalarida istalgan miqdordagi chet el valyutasini sotish hamda sotib olish xizmatlari ko'rsatilmoqda. Mijozlarimizdan asossiz xabarlarga ishonib qolmaslikni so'rab qolgan bo'lardik!