Bankning tarixi Bugun, 29 avgust, 2017 yil, "DAVR-BANK"

Xususiy aktsiyadorlik-tijorat banki "Davr bank" 2001 yil 29 sentyabr kuni tashkil etilgan. Davr Bank 16 yil davomida universal dinamik bank sifatida korporativ va chakana segmentdagi mijozlarga xizmat ko'rsatish sohasida yuqori o'sish sur'atlarini namoyish etib, O'zbekistonning yetakchi banklari orasida faoliyat yuritib kelmoqda. Bugungi kunda bank keng ko'lamdagi bank xizmatlarini hamda hamkorlikning eng yaxshi shakllari taklif etishi mumkin. Yuqori sifatli xizmat ko'rsatish, har bir mijozga individual yondoshish, ish samaradorligi va o'zaro manfaatli hamkorlik bank ishining asosiy prinsiplari hisoblanadi.

Hozirda bankning 7 filiali Toshkent shahri bo’ylab faoliyat ko'rsatmoqda, ularda 400 dan ortiq hodim ishlaydi va 20 mingdan ortiq mijozlarga xizmat ko'rsatiladi. Bankning asosiy shiori "Mijoz bank uchun emas, Bank mijoz uchun".

Bank dastlabki kunlardanoq asosiy e'tiborini O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2000 yil 21 martdagi «Bank tizimini liberallashtirish va isloh qilishning kelgusidagi chora tadbirlari to'g'risida»gi qaroriga muvofiq, bozor tizimini tashkillashtirishni chuqurlashtirish, iqtisodiyotning nufuzli yo'nalishlarini liberallashtirish va iqtisodiy islohotlarni jadallashtirishni amalga oshirishga qaratdi.

Davr bank xalqaro elektron to'lov tizimi S.W.I.F.T ning a'zosi, O'zbekiston banklaridagi aholi omonatlarini kafolatlash tizimining ishtirokchisi, aktsiyador va O'zbekiston Respublika valyuta birjasining faol a'zosidir. Shuningdek, "China UnionPay" xalqaro to'lov tizimining asosiy a'zosi, O'zbekiston banklari assotsiatsiyasining va "Western Union", "Zolotaya Korona" xalqaro pul o'tkazmalari tizimining a'zosi hisoblanadi.

Bugungi kunda "Davr-Bank" xalqaro reyting agentligi "Standard & Poor's" bilan hamkorlik qiladi. Hozirgi kunda Bankning uzoq muddatli kredit reytingi “Barqaror” prognozi bilan "B-" darajasida tasdiqlangan."Standard & Poor's" ta'kidlaganidek, ushbu ijobiy reyting bahosi Bank biznesining izchil o'sishi va uning daromad bazasining barqarorligi natijasidir.