Kreditlash

Kredit olish

JISMONIY SHAXSLAR UCHUN ISTE'MOL KREDITLARI

Iste'mol kreditlari jismoniy shaxslarga O'zbekiston Respublikasi fuqarosi bo’lgan holda beriladi. O’zbekiston Respublikasida ishlab chiqarilgan iste’mol tovarlariga to’lovlarni pul o'tkazmalari mijozning kredit hisobidan ishlab-chiqaruvchi korxona yoki tashkilot bank hisobiga o’tkaziladi.

Iste'mol tovarlari (xizmatlari) bu:

  • maishiy va iste'mol tovarlari;
  • kompyuterlar va ofis uskunalari;
  • mebellar;
  • aviachiptalar va sayyohlik yo'nalishlari;
  • tibbiy xizmatlar;
  • to'y marosimlarini o’tkazish;
  • O'zbekiston Respublikasida ishlab chiqariladigan boshqa tovarlar va xizmatlar;

XATB “Davr Bank” dan kredit olishning afzalliklari:

  • qulay foiz stavkalari bilan kreditlash shartlarining keng doirasi, qulay muddatlar, oldindan to'lov yoki oldindan to'lovsiz;
  • kreditni to'lash uchun to'lovlarni amalga oshirishda, kreditni barvaqt yopishda yoki kreditni biror choragini yopishda hech qanday komissiya yo'q;
  • agar daromadingiz kredit olish uchun yetarli bo'lmasa, kreditni yopishda yordam beruvchi shaxsni masalasi ko’rib chiqilishi mumkin;
  • kredit boshlang’ich badalini to’lash, kreditni asosi va kredit bo'yicha foizlarni nafaqat naqd pulda amalga oshirilishi mumkin, balki kredit oluvchining depozit hisobidan yoki plastik kartochkasidan foydalangan holda to'lovlarni amalga oshirish mumkin;

Kredit olish uchun talab etiladigan hujjatlar to’plami:

  1. qarz oluvchining shaxsni tasdiqlovchi hujjati;
  2. kredit ta’minotiga tegishli hujjatlar;
  3. 12 oylik daromad haqidagi va daromad solig’i ushlab qolinganligi to’g’risida ma’lumot, INPS ko’rsatilgan holda;
  4. kafil talab etilganda: kafilning passport nusxasi, 12 oylik daromad haqidagi va daromad solig’i ushlab qolinganligi to’g’risida ma’lumot, INPS ko’rsatilgan holda.

Qarz oluvchilar va ularga qo’yilgan talablar:

Kredit oluvchi va kafil kredit shartnomasida belgilangan shartlarda qaytarish majburiyatini qiladigan, O’zbekiston Respublikasi fuqorosi bo’lgan, Toshkent shahri va Toshkent viloyati (Toshkent viloyatidan faqat Toshkent tumani, Zangiota tumani, O’rta Chirchiq tumani, Yuqori Chirchiq tumani, Chirchiq shahri, Qibray tumani) doimiy turar joyga ega bo’lgan jismoniy shaxslar.

 

Kredit mahsuloti «Mikroqarz - 15»

  • Kredit davlat muassasalari va aktsiyadorlik jamiyatlari xodimlariga beriladi;
  • Kredit maqsadi - talab qilinmaydi;
  • Kredit summasi - 15 million so'mgacha;
  • Kredit muddati - 12 oygacha;
  • Kredit bo'yicha foiz stavkasi - 38%;
       Kredit naqd pulda beriladi.

Agar sizning oylik daromadi 1 300 000 so'mdan oshsa, siz 8 000 000 so'mgacha olishingiz mumkin;

Agar oylik daromadingiz 2 000 000 so'mdan oshsa, siz 10 000 000 so'mgacha pul olishingiz mumkin;

Agar oylik daromadingiz 2 500 000 so'mdan oshsa, siz 12 000 000 so'mgacha pul olishingiz mumkin;

Agar oylik daromadi 3 000 000 so'mdan oshsa, siz 15 000 000 so'mgacha pul olishingiz mumkin;

 

Kredit mahsuloti «Kredit kartasi - 15»

  • Kredit davlat muassasalari va aktsiyadorlik jamiyatlari xodimlariga beriladi;
  • Kredit maqsadi - talab qilinmaydi;
  • Kredit summasi - 15 million so'mgacha;
  • Kredit muddati - 36 oygacha;
  • Kredit bo'yicha foiz stavkasi - 36%;
       Kredit "HUMO" plastik kartasiga o'tkaziladi.

Agar sizning oylik daromadi 1 300 000 so'mdan oshsa, siz 8 000 000 so'mgacha olishingiz mumkin;

Agar oylik daromadingiz 2 000 000 so'mdan oshsa, siz 10 000 000 so'mgacha pul olishingiz mumkin;

Agar oylik daromadingiz 2 500 000 so'm dan oshsa, siz 12 000 000 so'mgacha pul olishingiz mumkin;

Agar oylik daromadi 3 000 000 so'mdan oshsa, siz 15 000 000 so'mgacha pul olishingiz mumkin;

 

Kredit mahsuloti «Avtokredit - 2019-3» (vaqtinchalik to'xtatilgan)

  • Kredit olish imkoniyati  - O'zbekiston Respublikasida ishlab chiqarilgan yangi engil avtomobillar (birlamchi bozor);
  • Kredit muddati - 36 oygacha;
  • Kredit bo'yicha foiz stavkasi - 18%;
  • Boshlang'ich badal - 50%
  • Kredit olish imkoniyati  - O'zbekiston Respublikasida ishlab chiqarilgan yangi engil avtomobillar (birlamchi bozor);
  • Kredit muddati - 36 oygacha;
  • Kredit bo'yicha foiz stavkasi - 23%;
  • Boshlang'ich badal - 40%
  • Kredit olish imkoniyati  - O'zbekiston Respublikasida ishlab chiqarilgan yangi engil avtomobillar (birlamchi bozor);
  • Kredit muddati - 36 oygacha;
  • Kredit bo'yicha foiz stavkasi - 28%;
  • Boshlang'ich badal - 35%

 

 


  44437