Bank kartalari

XATB “Davr Bank” asosiy hisobga ega bo'lgan yuridik shaxslar uchun Davr Bank “Bank kart” kartalari yordamida ish haqini hisoblash va to’lash tizimini taklif etadi. Bank kartalari orqali tashkilotlarga hodimlarni ish haqilarini to'lash oson va juda qulaydur. Rahbariyat kompaniyaning asosiy faoliyati bilan bog'liq bo’lmagan murakkab protseduralardan halos etiladi, chunki bank kartasining barcha afzalliklari xodimlar ehtiyoriga o’tadi.

KORPORATIV KARTALAR

Korporativ plastik kartochkalar- korxona xodimlariga javobgar uchun mablag'larni topshirishning yangi shakli hisoblanadi. Odatda bir nechta karta taqdim etiladi. Hamma kartalar bir hisob raqamiga bog’lanadi. Yana bir qulay tomoni, zarur bo’lgan hollarda, tashkilot kartaga limitlar qo’ya oladi. Ushbu funksiya pul mablag’larini belgilangan limitlar doirasida ishlatish imkonini beradi yani, kartadagi bacha pul miqdori ma'lum bir muddat ichida yechib tashlana olinmaydi. Shuningdek, bank har bir korporativ kartada sodir bo’ladigan pul harakatlari va sarf-xarajatlar turlari ko'rsatilgan ma'lumotni bera oladi.

Korporativ karta orqali quyidagi xarajatlarni qoplash juda qulay:

  1. Tashkilotning asosiy faoliyati bilan bog'liq xarajatlar:
    • mahsulotlar sotib olish, yetkazib beruvchilar bilan hisoblashish;
    • tashkilotning asosiy faoliyati bilan bog'liq xizmatlar uchun to'lovlar;
  2. Sayohat va mehmondo'stlik xarajatlari:
    • restoran to’lovlari;

    • chiptalar sotib olish;

    • mehmonxona to’lovlari;

    • avtomobil ijarasi;

  3. Xo’jalik va qo’shimcha xarajatlar:
    • ofis jihozlari, ofis uskunalari, dasturiy ta'minot sotib olish;

    • internet haridlari (o'quv materiallari, kitoblar va boshqalar);

    • mexmonxonada yashash uchun to’lovlar;

    • qurilish va boshqa professional xizmatlarga to’lovlar;

    • boshqa xo'jalik xarajatlari

Yakka tartibdagi tadbirkorning kartasi

Yuridik shaxs tashkil etilmasdan yakka tartibdagi tadbirkorlarga beriladi. Ushbu karta o'zaro hisob-kitob qilish uchun (tovar sotib olish, yakka tartibdagi tadbirkorning joriy xarajatlarini qoplash) mo’ljallangan.

Yakka tartibdagi tadbirkorning ishlab chiqarish, tijorat faoliyati, xizmatlar ko'rsatish va boshqa ishlarni bajarish faoliyatiga bevosita bog’liq bo’lgan holda, bank kartalari quyidagi xarajatlarda ishlatilishi mumkin:

  • Xom ashyo (shu jumladan qurilish materiallari) yarim tayyor mahsulotlar, aksessuarlar, uskunalar sotib olish uchun;

  • Kommunal to'lovlar (issiqlik energiyasi, issiq suv, ichimlik suvi, kanalizatsiya, elektr energiyasi, gaz va chiqindilarni yig'ish uchun to'lovlar);

  • Ijara to’lovlari;

  • Soliqlar va boshqa majburiy to'lovlar;

  • Chakana savdo bilan shug'ullanadigan tadbirkorlik subyektlari tomonidan sotib olingan aholiga naqd pulda sotiladigan maxsulotlar uchun;

  • Joriy faoliyat bilan bog'liq boshqa xarajatlar uchun;

ASOSIY SHARTLAR

Asosiy/ qo’shimcha, amal qilish muddati 5 yil bo’lgan kartalar  chiqarish 25000 so’m
Asosiy/ qo’shimcha kartalarni yo'qotilgan taqdirda qayta rasmiylashtiriladi 25000 so’m
Plastik kartasini “Stop list” ga tushurish Bepul
Tranzit hisob raqami xizmati 1%
   

ASOSIY TALAB ETILADIGAN HUJJATLAR:

  1. Yozma murojaat;
  2. Kompaniya/ Tashkilotni davlat ro'yxatiga olinganlik to'g'risida guvohnoma;
  3. Korporativ kartani ishlatish uchun mas'ul xodim tayinlash to'g'risidagi buyrug' nusxasi;
  4. Kompaniya/ Tashkilot bilan korporativ kartani ishlatish majburiyatini oladigan hodim o’rtasida shartnoma tuziladi;
  5. Korporativ kartani ishlatish majburiyatini olgan hodimning pasport ko’piyasi;
  6. Korporativ bank kartasidan foydalanish uchun shartnoma tuzish;
  7. Korporativ kartani olish uchun mas'ul xodim nomiga ishonchnoma;

ISH HAQI LOYIHASI:

XATB “Davr Bank” asosiy hisobga ega bo'lgan yuridik shaxslar uchun “Ish haqi loyihasi” ni amalga oshirishni taklif etadi. Bank sizning hodimlaringiz uchun hech qanday kommisiya talab etmasdan plastik kartalar ochadi.

Sizdan faqatgina Bank bilan ish haqi loyihasi shartnomasini imzolashingiz va oylik maosh o’tkazish uchun plastik kartasini ochishga kerakli hujjarlarni olib kelishingiz kerak. Bank xodimlari barcha jarayonlarni amalga oshiradi va sizning xodimlaringiz MPS «UZKART» nomli so’mlik plastik kartasidan foydalanishlari mumkin.

Banklararo to'lov tizimi «UZKART» - mahalliy to’lov tizimi bo’lib, uning asosiy elementi mikro protsessorli plastik kartalardir, huquqiy normalar to'plamiga asoslangan normativ hujjatlar va dasturiy taminot yechimlari, tegishli tashkiliy va texnik infratuzilmadir.

Banklararo to'lov tizimi «UZKART» elektron shaklda naqd pulsiz to'lovlarni amalga oshirish uchun mo'ljallangan. Shuningdek, mikroprotsessorli bank kartalarini simulyatsiya qiluvchi banklarni va qayta ishlash tashkilotlari, xizmat ko’rsatuvchi hamda sotuvchilarni yagona tizmda birlashtiradi.


  1811