Hisob va kassa xizmatlari

XATB “Davr Bank”da yuridik shaxslar va yakka tartibdagi tadbirkorlar uchun hisob va kassa xizmatlari bo'yicha milliy va xorijiy valyutalarda xizmatlar ko'rsatilmoqda. Hisob va kassa xizmatlari tezkor operatsiyalarga asoslangan holda olib borilmoqda.

Hozirda, Davr Bankda hisob raqami bo’lgan mijozlarga hisob va kassa xizmatlarini mukammal ravishda amalga oshirib kelmoqda. Mijozlar bazasini kengaytirishga katta e'tibor berib hamda, korxonalar va kompaniyalarga keng turdagi bank mahsulotlarini taklif etmoqda.

HISOB VA KASSA XIZMATLARI BO’YICHA TAQDIM ETILADIGAN XIZMATLAR:

  • Milliy va xorijiy valyutadagi hisob raqamlarini ochish va yuritish;

  • Xalqaro to'lovlarni amalga oshirish;

  • Naqd pulsiz o’tkazmalarni amalga oshirish;

  • Hisob haqida ma’lumotlarni tez olish;

  • Naqd pul mablag'lari bilan operatsiyalar;

  • Akkreditivlar bo'yicha operatsiyalar;

  • Konversion operatsiyalar;

  • Hujjatli operatsiyalar;

  • “Internet-Banking”, “SMS-Banking” va “M-Bank” xizmatlaridan foydalangan holda hisobni boshqarish va boshqa xizmatlardan foydalanish;

BANKDA HISOB OCHISH UCHUN QUYIDAGI HUJJATLAR TAQDIM ETISH LOZIM:

  • Davlat ro'yxatiga olinganlik to'g'risidagi guvohnoma;
  • Ustav (qo'shma korxona uchun notarial tasdiqlangan nusxas);
  • Asoschi shartnomasi (qo'shma korxona uchun notarial tasdiqlangan nusxa);
  • Litsenziya (bor bo’lsa);
  • Vakolatli shaxslarning pasportlarining asl nusxalari (direktor va bosh buxgalter);
  • Imzo namunalari bo’lgan kartalar;

 

XATB «DAVR BANK»ning yuridik shaxslarga xizmat ko'rsatish uchun mo'ljallangan milliy valyutadagi tarif rejalari:

Tarifni yuklab olish «Korporativ 1»

Tarifni yuklab olish «Korporativ 2»

Tarifni yuklab olish «Korporativ 3»

Tarifni yuklab olish «Korporativ 4»

Tarifni yuklab olish «Korporativ 5»

Tarifni yuklab olish «Ikkilamchi» 

 

 

 

XATB «DAVR BANK»ning yakka tartibdagi tadbirkorlarga xizmat ko'rsatish uchun mo'ljallangan milliy valyutadagi tarif rejalari:

Tarifni yuklab olish «Biznes 1»

Tarifni yuklab olish «Biznes 2»

Tarifni yuklab olish «Biznes 3»

Tarifni yuklab olish «Biznes 4»

Tarifni yuklab olish «Ikkilamchi» 

 

 


  2309