Bank tarixi

XATB "DAVR-BANK" 2001 yil 29 sentyabr kuni Toshkent shahrida o'z faoliyatini boshlagan.

Bank dastlabki kunlardanoq asosiy e'tiborini O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2000 yil 21 martdagi «Bank tizimini liberallashtirish va isloh qilishning kelgusidagi chora tadbirlari to'g'risida»gi qaroriga muvofiq, bozor tizimini tashkillashtirishni chuqurlashtirish, iqtisodiyotning nufuzli yo'nalishlarini liberallashtirish va iqtisodiy islohotlarni jadallashtirishni amalga oshirishga qaratdi.

Bank tomonidan muntazam ravishda muddatli omonat turlarini joriy etilishi, aholining o'z jamg'armalaridan unumli foydalanish va samarali ko'paytirishga bo'lgan qiziqishlarini keskin oshirdi.

Vazirlar Mahkamasining 2004 yil 24 sentabrdagi №445-son "xisob-kitob tizimini bank plastik kartalari orqali rivojlantirish chora tadbirlari to'g'risida"gi Qarori ijrosi yuzasidan, bank to'lov tizimini takomillashtirib, Respublikaning turli tashkilotlarida ish haqi to'lovlarini yo'lga qo'ydi.

2008 yil oktabr oyida mijozlar sonining ortishi va sifatli bank xizmatlaridan foydalanishga bo'lgan ehtiyojning o'sishi tufayli, Chilonzor tumanida "Chilonzor" filiali ochilib, mijozlar uchun yanada kengaytirilgan xizmat turlarini taklif eta boshladi.

Bank faoliyatining jadal sur'atlarda rivojlanayotganini inobatga olib, 2010 yil aprel oyida poytaxtimizning e'tiborga molik qismida "Yakkasaroy" filiali ochilgan bo'lsa, o'sha yilning avgustida "Mirzo Ulug'bek" filiali mijozlarni qabul qila boshladi.

2011 yilning noyabr oyida "Uchtepa" filiali ish boshladi.

2014 yilning avgust oyida bankning yana 2 filiali: "Yunusobod" va "Olmazor" filiallari tashkil etildi.

Hozirgi kunda Toshkent shahrida bankning yetti filiali ish olib borib, 400 nafardan ortiq hodim 20,000 dan ziyod mijozga xizmat ko'rsatib kelmoqda. Bankning bosh shiori: "Bank mijozlar uchun, mijoz bank uchun emas".


  2282