Bankning vazifalari

XATB "DAVR BANK" ning vazifalari - bank sohasida universal va barqaror moliya muassasasi sifatida mustahkam o'rin egallash.

Bizning maqsadimiz - barqarorlikni saqlab qolish, hamisha ishonchli hamkor bo'lish va mijozlarimiz istaklaridan kelib chiqib, kelgusidagi faoliyatimiz uchun puxta xozirlik ko'rish.


Ezgu nom

Yillar davomida qilgan mashaqqatli mehnatimiz natijasida, bizni qadrlashadi. Mijozlarimiz esa: XATB "DAVR BANK" bu - ishonchli va sifatli ekanini bilishadi. Bizga bildirilgan ishonchni qarlaymiz. Ishonchimiz komilki, moliyaviy boshqaruv etik normalarga asoslangan, sarmoyalar esa bunyodkor g'oyalar uchun ishlamog'i darkor.


Halollik

Biz o'zimiz kabi boshqalarga ham adolatli munosabatda bo'lishga intilamiz. Biz mijozlarga, sheriklar va investorlarimizga hamkorlikning samarali turlarini taklif etamiz.


Mijozlarga bo'lgan iliq munosabat

Bankga tashrif buyurgan har bir shaxs bizning doimiy mijozimizga aylanib, do'stlari, hamkorlari va tanishlariga bizni taklif qilishi uchun uzoq muddatli va yuqori safitga ega ish muhitini yaratamiz. Mijozlar ishonchini qozonish va oqlash uchun astoydil harakat qilamiz.


Jamoaviy shijoat

Bizning jamoa - bir tan-u, bir jon. Bizning munosabatlarimiz yuksak ehtirom, o'zaro hamjixatlik va kuchli intizom ustiga qurilgan. Bizning hodimlarimiz - o'z zimmalaridagi majburiyatlarini vijdonan va mas'uliyat bilan bajaradilar. Murakkab masalalarni birgalikda hal qilish va ulkan marralarni zabt etish bizga cheksiz zavq bag'ishlaydi.


  2203