Korporativ mijozlar uchun kreditlar

Kredit maqdsadi:

Asosiy vositalarni sotib olish uchun;

Etkazib berish bilan bog'liq va asosiy vositalarni o'rnatish

xususan, sug'urta to'lovlari, ro'yxatga olish bilan bog'liq to'lovlar, transport va boshqa xarajatlarni qoplash uchun;

Qurilish ishlari va rekonstruktsiya ishlarini olib borish uchun;

Asosiy fondlarni kengaytirish va infratuzilma ob'ektlarini ta'minlash;

Qonun hujjatlarida belgilangan tartibda boshqa maqsadlar uchun.

Kredit oluvchi:

Xo'jalik sub'ektlari, nizom jamg'armasi tomonidan belgilangan tartib va muddat tashkil etilgan, hamda yo'qotishlarsiz ishlovchi.

Kredit valyutasi:

Milliy valyuta – so'm va AQSh dollari.

Kredit miqdori:

Kredit oluvchining moliyaviy holatiga, uning biznesining hajmi va kreditni qaytarish manbasiga bog’liq.

Kredit muddati:

Aylanma mablag’larni to’ldirish uchun- 18 oygacha;

boshqa maqsadlarda- 60 oygacha.

Kredit berish shakllari:

Naqd pulsiz shaklda

Kreditni foiz stavkasi:

Shartnoma asosida belgilanadi.

Kreditni qaytarish shakli:

Turli xil yoki loyihaga bog'liq boshqa shakllar.

Kreditni ta’minlash:

Milliy va xorijiy valyutada depozitlar;

Ko’chma mulk va ko’chmas mulk;

Uskunalar;

Bank yoki sug'urta polisining kafolati;

Uchinchi shaxslarning kafolati;

boshqa likvidli mulklar.

Kredit olish uchun zarur hujjatlar ro'yxati:

- Kredit olishning maqsadi, pul miqdori va muddati, hamda garov turi ko'rsatilgan Kredit arizasi.

- Tadbirkorlik faoliyati to'g'risidagi guvohnomaning nusxasi;

- Mahalliy organlar tomonidan ro'yxatga olingan yuridik shaxs guvohnomasining nusxasi;

- Kredit olish uchun mijoz tegishli bo’lagan vakolatli organning qarori;

- Biznes-reja va unada majburiy tarzda ko'rsatilishi kerak bo'lgan pul oqimi prognozi;

- Moliyaviy hisobot (bugalteriya balansi (1-forma), moliyaviy hisobotlar natijalari (2-forma), debitorlik va kreditorlik qarzdorliklar haqida ma’lumotnoma (2a-formasi), hamda 90 kundan ortiq muddatdagi debitorlik va kreditorlik qarzdorliklar kelushuv aktlari, pul oqimi haqida hisobot (4-forma)).

-Ta’minlash bilan bog'liq hujjatlar;

- Bank tomonidan talab qilinadigan boshqa hujjatlar.

 

 


  1068