Hisobvaraqlari

Hisob va kassa xizmatlari


XATB “Davr Bank”da yuridik shaxslar va yakka tartibdagi tadbirkorlar uchun milliy va xorijiy valyutalarda hisob-kitob va kassa xizmatlari tezkor operatsiyalarga asoslangan holda olib boriladi.


Hozirda, Davr Bankda hisob raqami bo’lgan mijozlarga hisob-kassa xizmatlarini amalga oshirish – ishonchli, tez va qulay bo‘lib, хizmatlarini mukammal va faol ravishda amalga oshirilib kelinmoqda. Shu bilan bir qatorda Davr Bank mijozlar bazasini kengaytirishga katta e'tibor berib, korxonalar va kompaniyalarga keng turdagi bank mahsulotlarini taklif etadi va bank tomonidan qo‘llaniladigan zamonaviy dasturiy ta’minot to‘lovlarning tezkorligini va havflizligini ta’minlaydi.


HISOB VA KASSA XIZMATLARI BO’YICHA TAQDIM ETILADIGAN XIZMATLAR:


      • Milliy va xorijiy valyutadagi hisob raqamlarini ochish va yuritish.
      • Xalqaro to'lovlarni amalga oshirish.
      • Naqd pulsiz hisob-kitoblarni amalga oshirish.
      • Hisob haqida ma’lumotlarni tez olish.
      • Naqd pul mablag'lari bilan operatsiyalar.
      • Akkreditivlar bo'yicha operatsiyalar.
      • Konversion operatsiyalar.
      • “Internet-Banking”, “Mobil-Banking” va “SMS-Banking” xizmatlaridan foydalangan holda hisobni boshqarish va boshqa xizmatlardan foydalanish.

BANKDA HISOB RAQAM OCHISH UCHUN QUYIDAGI HUJJATLAR TAQDIM ETILISHI LOZIM:


Tadbirkorlik faoliyati subyektlari bo'lgan rezidentlar uchun (yuridik shaxslar, yakka tartibdagi tadbirkorlar hamda dehqon xo'jaliklari)

      • Davlat ro’yxatidan o’tganlik to’g’risidagi guvohnoma
      • Ariza shakli.
      • Imzolar namunalari va muhr izi qo'yilgan varaqcha shakli.
      • Mijoz nomidan pul-hisob-kitob hujjatlarini imzolash vakolatiga ega shaxsning shaxsini tasdiqlovchi hujjati (pasport yoki uning o'rnini bosadigan hujjat). Shaxsini tasdiqlovchi hujjatning asli ko'rsatilganidan so'ng, bank tomonidan undan nusxa olinadi.

Tadbirkorlik faoliyati subyekti bo'lmagan rezident yuridik shaxslar hamda Budjetdan mablag' oluvchilar uchun

      • Davlat ro’yxatidan o’tganlik to’g’risidagi guvohnoma.
      • Ariza shakli.
      • Imzolar namunalari va muhr izi qo'yilgan varaqcha shakli.
      • Mijoz nomidan pul-hisob-kitob hujjatlarini imzolash vakolatiga ega shaxsning shaxsini tasdiqlovchi hujjati (pasport yoki uning o'rnini bosadigan hujjat). Shaxsini tasdiqlovchi hujjatning asli ko'rsatilganidan so'ng, bank tomonidan undan nusxa olinadi.
      • Tadbirkorlik faoliyati sub'ekti bo'lmagan rezident yuridik shaxslar tomonidan ta'sis hujjatlari (ta'sis shartnomasi, ustav) hamda ularga kiritilgan o'zgartirish va qo'shimchalarning notarial tasdiqlangan nusxalari.
      • Davlat soliq xizmati organlarida hisobga qo'yilganligini tasdiqlovchi hujjat (ma'lumotnoma).


Tariflar


XATB «DAVR BANK»ning yuridik shaxslarga xizmat ko'rsatish uchun mo'ljallangan milliy valyutadagi tarif rejalari:


Korporativ bonus 1 Korporativ bonus 2 Korporativ bonus 3 Korporativ bonus 4 Korporativ bonus 5 Paynet Lyuks


XATB «DAVR BANK»ning yakka tartibdagi tadbirkorlarga xizmat ko'rsatish uchun mo'ljallangan milliy valyutadagi tarif rejalari:


Biznes bonus 1 Biznes bonus 2 Biznes bonus 3 Biznes bonus 4 Biznes bonus 5 Paynet
ico
Ilova holatini tekshiring

Ilova kodini kiriting