Tashqi savdo faoliyatini moliyalashtirish
Davr Bank tashqi savdo bilan shug'ullanuvchi yuridik shaxslar uchun savdoni moliyalashtirish imkoniyatini taklif etadi. Ushbu xizmat turidan foydalanish sizga savdoyingizni moliyalashtirish imkonini beradi.
Biz AQSh dollari va Evro valyutalari bilan ishlaymiz. Kredit stavkasi OTB liniyasi doirasida 8% ni tashkil etadi, bu sizga arzon moliyalashtirish shartlarini taqdim etadi.
Moliyalashtirish muddati mahsulot turiga bog'liq:
- xom ashyo, materiallar va tayyor mahsulotlar uchun 1 yilgacha;
- uskunalar va ishlab chiqarish liniyalari uchun 2 yilgacha.
Moliyalashtirish miqdori cheklanmagan, lekin mavjud limit va garovga qarab eng jamida 50 000 AQSh dollarini (yoki boshqa valyutadagi ekvivalentidan) tashkil etadi.
Savdoni moliyalashtirish uchun hoziroq murojaat qiling va eng qisqa muddatlar ichida bankimiz tomonidan moliyalashtirish imkoniyatiga ega bo'ling. Bizning professional jamoamiz sizning tashqi savdoni moliyalashtirishga bo'lgan ehtiyojlaringizni qondirish uchun sizdan o'z maslahatlarini ayashmaydi.
Bank xizmati va shartlari haqida ko'proq bilish uchun biz bilan bog'laning va biznesingiz rivojlantirishi uchun keng imkoniyat ochib bering.

Valyuta operatsiyalari
XATB «Davr Bank» mijozlarga- tashqi savdo operatsiyalarining barcha turlarini ro'yxatdan o'tkazish, xorijiy valyutadagi o’tkazmalar, konversion operatsiyalar va xorijiy valyuta hisob-kassalari kabi keng ko’lamdagi xizmatlarni ko'rsatadi. Bizning bankda, tranzaktsiyalar uchun operatsion xavflarni minimallashtirish maqsadida tashqi savdo shartnomalari tayyorlashda va tuzishda mutaxassislarning professional maslahatlarini olish imkoniyati bor.
-
• Davr Bank o‘z mijozlariga Yevropa davlatlariga 1 soat ichida EVROda to‘lovlarni amalga oshirish imkoniyatini taqdim etadi
-
• Bankimiz O'zbekiston banklarida hali mavjud bo'lmagan Svetofor xizmatini taklif etadi. Bu xizmat sizga qanday qulaylik yaratishi mumkin. vetofor xizmati Rossiya Federatsiyasi va Qozog'istondagi kontragentni tekshirish imkonini beradi va bu o'z navbatida sizga vijdonsiz kontragentni tanib olish imkoniyatini beradi.
-
• Eksport / Import shartnomalari shartlari bo'yicha maslahatlar
-
• Eksport shartnomalari bo'yicha to'lovlarni qabul qilish (naqd va naqdsiz ko'rinishda)
-
• TSOYEAT ma'lumotlar bazasiga eksport tushumlari to'g'risidagi ma'lumotlarni imkon qadar tez kiritish
-
• Import shartnomalari bo'yicha to'lovlarni sifatli amalga oshirish
-
• TSOYEAT ma'lumotlar bazasiga import shartnomalari bo'yicha to'lovlar to'g'risidagi ma'lumotlarni kiritish
-
• Import kontraktlari bo'yicha konvertatsiya operatsiyalarini o'tkazish
-
• Dividendlar, tashqi qarzlarni qaytarish va qonun hujjatlarida belgilangan boshqa arizalar bo'yicha konvertatsiya operatsiyalarini o'tkazish
-
• Tashqi savdo shartnomalari bo'yicha ma'lumotlarni E-Contract dasturiga kiritish bo'yicha maslahat berish va amaliy yordam ko'rsatish
-
• So'rov asosida tashqi savdo shartnomalari bo'yicha ma'lumot va xatlarni taqdim etish
Tariflar

XATB «DAVR BANK»ning yuridik shaxslarga xizmat ko'rsatish uchun mo'ljallangan xorijiy valyutadagi tarif rejalari:
O'rta biznes Katta biznes Ultra katta Konstruktor
Notijorat amaliyotlar bo'yicha xizmatlar
Jismoniy va yuridik shaxslarning ta'lim, davolanish va boshqa notijorat maqsadlar uchun to'lovlarni qabul qilish va o'tkazish
Korrespondent banklar ro'yxati SPOT ilova shabloni Ilova shabloni Xat shabloni To'lov topshirig'i shabloni