Do’stlar, Sizga muddatlari joriy yilning aprel va may oylarida tugaydigan jismoniy shaxslar omonatlarining muddati 2 oyga uzaytirilishi xaqida ma’lumot qilamiz!

Buning uchun bankka kelishingiz sharrt emas. Shartnoma bir tomonlama tartibda, barcha shartlar saqlangan xolda uzaytiriladi.

Karantin davri tugaganidan keyin omonatni va unga xisoblanadigan foizlarni olish yoki boshqa omonat turlariga qayta rasmiylashtirish mumkin bo’ladi.

Eslatma: Ushbu yangilik jismoniy shaxslarning barcha turdagi omonatlari uchun amal qiladi. Onlayn-omonatlar bundan mustasno.

O’zingizni va yaqinlaringizni extiyot qiling