Yuridik shaxslar uchun muhim elon!

“DAVR BANK” xususiy aksiyadorlik tijorat banki avtomatlashgan tizimda ishlayotganligi sababli

2022-yilning 1-aprel kunidan barcha to‘lov talabnomalari, to‘lov topshiriqnomalari, inkassa topshiriqnomalari bank hisobvaraqlariga masofadan xizmat ko‘rsatish tizimlari orqali qabul qilinishini ma‘lum qilamiz.

 

Murojaatlar O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2008 yil 11 iyulda 1834-son bilan davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan “O‘zbekiston Respublikasi banklarida buxgalteriya hisobini yuritish va buxgalteriya ishlarini tashkil qilish tartibi to‘g‘risida”gi yo‘riqnomaning 30-bandi, O‘zbekiston Respublikasining “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida”gi Qonuning 5-moddasi va “Elektron hujjat aylanishi to‘g‘risida”gi Qonunning 7-moddasida elektron hujjat qog‘oz hujjatga tenglashtirilganligi va u bilan bir xil yuridik kuchga ega ekanligi belgilangan.

Bank Boshqaruvi