“DАVR-BАNK” XUSUSIY АKSIYADORLIK TIJORАT BАNK АKSIYADORLАRI DIQQАTIGА
07.06.2022

“DАVR-BАNK” XUSUSIY АKSIYADORLIK TIJORАT BАNK


АKSIYADORLАRI DIQQАTIGА



           “Davr Bank” Xususiy aksiyadorlik tijorat banki 2022 yilning 30 iyun kuni soat 18-00da Аksiyadorlar yillik umumiy yigʼilishini Toshkent sh. Shayxontoxur tumani, Navoiy-Zarqaynar koʼchasi, Blok “А” manzilida oʼtkazadi.

          Ishtirokchilarni roʼyxatga olish vaqti 17-30.


Kun tartibi:
1. Аksiyadorlari yillik umumiy yigʼilishi reglamentini tasdiqlash;
2. Bankning 2021 yil yakunlari boʼyicha yillik hisobotini tasdiqlash;
3. 2021 yil yakunlari boʼyicha bank Kengashining hisobotini tasdiqlash;
4. 2021 yil yakunlari boʼyicha bank Boshqaruvining hisobotini tasdiqlash;
5. 2021 yil yakunlari boʼyicha bank Taftish komissiyasi tomonidan bankning moliyaviy-xoʼjalik faoliyatini tekshiruv natijasida tuzilgan hisobotni tasdiqlash;
6. Bankning 2021 yil yakunlari boʼyicha moliyaviy hisobotlarini tasdiqlash;
7. Bankning 2021 yil yakunlari boʼyicha tashqi auditorining hisobotini tasdiqlash;
8. Bankning 2022 yil ish faoliyati yakuni yuzasidan auditorlik tekshiruvi oʼtkazish, auditorlik tashkilotini tanlash va uning xizmatiga toʼlanadigan haq miqdori chegarasini belgilash;
9. Bank Taftish komissiyasiga aʼzolar saylash;
10. Bank Kengashiga aʼzolar saylash;
11. Bank Sanoq komissiyasiga aʼzolar saylash;
12. Bank Boshqaruv raisi bilan tuzilgan mehnat shartnomasini uzaytirish masalasini koʼrib chiqish;
13. Bankning tashkiliy tuzilmasini yangi tahrirda tasdiqlash;
14. Аktsiyadorlar safiga oʼzgartirish kiritish;
15. Bankning 2021 yil yakunlari boʼyicha foydasini taqsimlash;



ico
Ilova holatini tekshiring

Ilova kodini kiriting