Firibgarlardan ehtiyot bo’ling!
31.08.2022
      Hurmatli Davr Bank mijozlari, Bankimiz nomidan 10%lik onlayn mikroqarz rasmiylashtirishni taklif qilayotgan FIRIBGARLAR tomonidan yaratilgan SOXTA saytlar ko’payib bormoqda. Bunday saytlar mikroqarz rasmiylashtirishingiz uchun karta ma’lumotlaringizni kiritishingizni so’rashadi.

      Shuni ma’lum qilamizki, “Davr Bank” bunday foiz bilan norasmiy manbaalarda sizga mikroqarz taklif qilmaydi. “Davr Bank” onlayn tarzda 50 mln. so’mgacha bo’lgan mikroqarzni Davr Mobile ilovasi orqali identifikatsiyadan o’tgan xolda, shuningdek bankning filial xodimlariga murojaat qilish yo’li bilan rasmiylashtirishi yoki “Davr Bank” ning rasmiy sayti davrbank.uz da ariza qoldirishlari mumkin.

      Shuningdek, bank mijozlarining kartalarining hech qanday ma’lumotlarini so’ramaydi, chunki tasdiqlangan mikroqarz mijozning Ilovadagi Davr Bankdqa ochilgan kartasiga o’tkazib beriladi.

      Hech qanday holatda bankdan kelgan SMS kodlarni hech qayerga KIRITMANG, firibgarlar sizdan bu kodni kredit olishingiz yoki shaxsingizni tasdiqlash uchun kiritilishi zarurligini ma’lum qilishlari mumkin. Bankdan olingan SMS-kod pulini qabul qilish uchun emas, aslida deyarli barcha holatlarda Sizning pul mablag’laringizni yechib olish uchun mo’ljallangan koddir.

      Faqat bankning rasmiy ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarida berilayotgan manbaalarga tayanishingizni so’raymiz. Bankning kredit mahsulotlari va xizmatlari haqida batafsil ma’lumot olish uchun 1284 raqamiga murojaat qilishingiz mumkin.

      Ogoh bo’ling, Hurmatli mijozlar!



ico
Ilova holatini tekshiring

Ilova kodini kiriting