Bosh sahifa / / Omonatlar

Omonatlar

XATB “Davr Bank” omonatlaridan foydalanganingizda, Siz pulingizni faqatgina saqlab qolmay, balki uni ko’paytira olasiz.Milliy va xorijiy valyutalardagi taklif qilinayotgan turli xil omonat turlaridan, siz eng yaxshi variantni tanlashingiz mumkin: talabingizga mos minimal pul qo’yish, muddat, foiz stavkasi va foizlarni berish tartibi.

XATB “Davr Bank” bank sirlari saqlanishiga kafolat beradi! Shuningdek, depozitlarning to'liq va o'z vaqtida qaytarilishi va ular bo'yicha foizlarni o’z vaqtida berilishini kafolatlaydi.

XATB “Davr Bank” O'zbekiston Respublikasi banklarida fuqarolarning omonatlarini kafolatlash jamg'armasi tomonidan sug'urta qilingan.

 

Milliy valyutadagi omonatlar

Muddatli omonat «YUQORI»

  • Omonat shakli: Naqd va naqdsiz shaklda.
  • Omonatning minimal qiymati — 1 mln. so'm.
  • Foizlarni oylik to'lab berish.
  • Hisobingizni to'ldirish imkoniyati: dastlabki 6 oy ichida

 

Muddati Yillik foiz to'lovi
1 1-3 oygacha 18%
2 4-6 oygacha 21%
3 7-9 oygacha 23%
4 10-12 oygacha 26%


Muddatli omonat «SHARQONA»
 

  • Omonat shakli: Naqd va naqdsiz shaklda.
  • Omonat muddati — 13 oy.
  • Foiz stavkasi — yillik 22% gacha.
  • Omonatning minimal qiymati — 1 MLN. So'm.
  • Foizlarni oylik to'lab berish.

 Muddatli omonat «QULAY»

  • Omonat shakli: Naqd va naqdsiz shaklda.
  • Omonat muddati — 1 oy.
  • Foiz stavkasi — yillik 18%.
  • Omonatning minimal qiymati — 5 MLN. So'm.
  • Foizlarni oylik to'lab berish.

 

Chet el valyutasidagi omonatlar

Muddatli omonat «DAROMAD»

  • Muddati - 13 oy.
  • Foizi stavkasi - yillik 5%
  • Omonatning minimal qiymati - 100$
  • Omonatga xisoblangan foizlar xar oyda to'lab beriladi.

 

Muddatli omonat «SPECIAL»

  • Muddati - 13 oy.
  • Foizi stavkasi - yillik 5,5%
  • Omonatning minimal qiymati - 100$
  • Omonatga xisoblangan foizlar xar oyda to'lab beriladi. Qo`shimcha mablag`i dastlabki 6 oygacha qo`shib borish mumkin. Omonat mamblag`i muddatidan oldin qisman yoki to`liq olinganda quyidagicha foiz hisoblanadi:
OY FOIZ
1  Yo'q
1 - 3  4%
4 - 6  4.5%
7 - 9  5%
9 - 13  5.5%

 

Muddatli omonat «Yangi Hayot»

  • Muddati — 13 oy.
  • Foizi stavkasi — yillik 4%.
  • Omonatning minimal qiymati — 500$
  • Foizlarni xar chorakda to'lab berish.

 

Shartnoma va ariza namunalari

Omonat hisob raqam ochish uchun ariza