Internet-banking

Ushbu xizmat bankga tashrif buyurmagan holda bank hisob raqamlarini boshqarish imkonini beradi. Ushbu xizmat o’z vaqtini tejashni va to’lovlarni o’z ish joylarida turib amalga oshirishni hohlovchi mijozlar uchun.

XATB “DAVR-BANK” Internet - Banking xizmati yuridik shaxslarning imkoniyatlarini oshirish uchun ishlab chiqilgan. "Internet-banking" tizimi Internet texnologiyalari asosida ishlab chiqilgan bo’lib, xizmatdan foydalanish uchun mijozlar faqatgina Internetga ulanishlari kerak. Internet-banking tizimi orqali bank mijozlari o'z hisoblarini dunyoning har qanday qismida turib boshqarishlari mumkin.

Internet-Banking imkoniyatlari:

O’z hisobingizdagi pulni boshqa hisobga, hatto boshqa banklardagi har qanday hisobga o’tkazish imkoni;

Hisobingizdagi harakatlar to’g’risida ma'lumot olish;

Hisob haqida qaydnomalarni olish;

Hisobdagi balansni kuzatib boorish;

Bankka yuborilgan to'lov hujjatlarni arxivda saqlash;

Hisobdagi mablag'larning holati va harakati to'g'risida hisobotlarni olish;

Kommunal to'lovlarni (elektr energiyasi, gaz, telefon, isitish va boshqalar) amalga oshirish;

Aloqa uchun to'lovlar (IP-telefoniya, uyali aloqa va internet) va boshqa xizmatlar uchun to'lovlar;

Internet-bankingning afzalliklari:

foydalanish qulayligi- Internet-Banking tizimini barcha xizmatlaridan foydalanish uchun ma'lum bir bilim va ko'nikmaga ega bo'lishga hojati yo'q;

Ish samaradorligi- mijoz va bank o'rtasidagi o'zaro hisob-kitoblar real vaqtda amalga oshiriladi. Kompyuter orqali, bankdagi to'lov hujjatlarni barcha bosqichlarini kuzatish va hujjatlar aynan qaysi bosqichda ekanligini doim tekshirib turish imkoni. To'lovlar haqidagi ma'lumot bankka kelib tushishi bilan kuniga bir necha marta yangilanadi;

Qulaylik- Internet-banking xizmatiga ulanishning soddaligi (Sizda Davt Bankda o’z hisobingiz bo’lishi, hamda “Internet-banking tizimida xizmat ko'rsatish to'g'risida kelishuv va elektron kalit kerak). Har qanday kontragentga to'lovlarni qabul qilish va to'lash imkoni mavjud. Bunda u Internet-banking tizimiga bog'langan bo’lishi shart emas. To'lov buyurtmalarini to'ldirishda xatolardan qo'rqmaslik imkoniyati mavjud. Chunki, tizim hujjat to'ldirishning to'g'riligini diqqat bilan kuzatib boradi va xatolarni ko'rsatadi;

Maxfiylik

O'tkaziladigan ma'lumotlar noqonuniy kirishlardan himoyalangan chunki ular xalqaro formatda kriptografiya SSL shifrlash bilan himoyalangan. Xizmatdan foydalanayotgan taraflar, shaxsiy elektron raqamli imzodan (ERI) foydalanadilar. Identifikatsiya tizimi tomonlarning operatsiya o’tkazish vaqtida, ularni haqiqiyligini kafolatlaydi.

Boshqaruv imkoniyati- elektron hujjatlar aylanishining barcha bosqichlari qonuniy hujjatlashtirildi (amalga oshirilgan operatsiyalar hisoboti, hisob qaydnolari, kvitansiyalar, to’lovlarni tasdiqlash va boshqa hujjatlar). Tomonlarning elektron imzosi bilan tasdiqlangan elektron hujjatlar qog'oz hujjatlar bilan teng ravishda qonuniy kuchga ega, agarda taraflar imzosi va muhri bilan tasdiqlasa.

"Internet-banking" xizmatini yoqtirish uchun sizga:

  1. Internetga ulangan shaxsiy kompyuter.
  2. Xizmat shartnomasi tuzish.
  3. Shartnoma tuzilganidan keyin bir bank ish kuni mobaynida, “Elektron kalit” beriladi. Ushbu kalitni, korporativ mijozlarga xizmat ko'rsatish xodimidan olishingiz mumkin.
  4. "Internet Bank" dasturini yuklab oling va ko'rsatmalarga amal qilgan holda uni shaxsiy kompyuterga o'rnating.
  5. yuklab olish va o'rnatish jarayonida Muammolarga duch kelsangiz, dasturni o’rnatish haqidagi batafsil tafsifni o’qishingiz mumkin.

 

XATB “DAVR BANK” mijozlar bitimlarining maxfiyligini kafolatlaydi. Imijozlar maxsus elektron kalit yordamida tizimga ulanishadi. Qayta ulangan mijozlarga tizim bilan ishlash uchun bepul ta'lim beriladi.


  2879