Bosh sahifa / / Korporativ mijozlar uchun kreditlar

Korporativ mijozlar uchun kreditlar

 

Kredit maqdsadi:

Asosiy vositalar sotib olish uchun;

Asosiy vositalarni yetkazib berish va o'rnatish bilan bog'liq xarajatlar, xususan sug'urta to'lovlari, ro'yxatga olish bilan bog'liq to'lovlar, transport va boshqa xarajatlarni qoplash uchun;

Qurilish ishlari va rekonstruktsiya ishlarini olib borish uchun;

Asosiy fondlarni kengaytirish va infratuzilma ob'ektlarini ta'mirlash;

Qonun hujjatlarida belgilangan tartibda boshqa maqsadlar uchun.

Kredit oluvchi:

"Davr Bank" XATB mijozlari bo'lgan tadbirkorlik sub'ektlari

Kredit valyutasi:

Milliy valyuta – so'm va AQSh dollari.

Kredit miqdori:

Kredit oluvchining moliyaviy holatiga, uning biznesining hajmi va kreditni qaytarish manbasiga bog’liq.

Kredit muddati:

Aylanma mablag’larni to’ldirish uchun- 18 oygacha;

Asosiy vositalar sotib olish uchun - 60 oygacha.

Kredit berish shakllari:

Naqd pulsiz shaklda

Kreditni foiz stavkasi:

Shartnoma asosida belgilanadi.

Kreditni qaytarish shakli:

Annuitet shaklda yoki loyihadan kelib chiqqan holda boshqa shaklda belgilanadi;

Kreditni ta’minlash:

Milliy va xorijiy valyutada depozitlar;

Transport vositalari va ko’chmas mulk;

Uskunalar;

Bank kafolati yoki sug'urta kompaniyasi polisi;

Uchinchi shaxs kafilligi;

Boshqa likvidli mulklar.

Kredit olish uchun zarur hujjatlar ro'yxati:

- Ta'sis hujjatlari nusxasi;

- Davlat ro'yxatidan o'tganligi to'g'risida guvohnoma nusxasi;

- Agar faoliyat turi, litsenziya talab qiladigan faoliyatlar ro'yxatiga kiritilgan bo'lsa, faoliyat turi bilan shug'illanish huquqini tasdiqlovchi litsenziya, muvofiqlik sertifikati va ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar uchun standartlar (muhrlangan nusxada);

- Kredit olish va garov taqdim etish bo'yicha ta'sischilarning rozilik qarori;

- Biznes-reja;

Davlat soliq inspektsiyasiga topshirilgan oxirgi hisobot davri uchun moliyaviy hisobot:

  • Forma - 1 balans hisoboti
  • Forma - 2 moliyaviy natijalar hisoboti. 
  • Debitorlik va kreditorlik qarzdorliklari haqida ma'lumot
  • Asosiy vositalar haqida ma'lumot. 

- Ta'minot bilan bog'liq hujjatlar;

- Bank tomonidan talab qilinadigan boshqa hujjatlar.