Shaxsiy kabinetVirtual qabulxona1284+998 71 207 40 40[email protected]Filiallar
Orqaga
25-mart, 2026

ESG va barqaror rivojlanish

ESG va barqaror rivojlanish

"Davr Bank" XATB ekologik, ijtimoiy mas'uliyat va korporativ boshqaruv (ESG) tamoyillarini o'z rivojlanish strategiyasining ajralmas qismi sifatida ko'radi. Bizning maqsadimiz – moliyaviy natijalarni ta'minlaydigan, O'zbekiston iqtisodiyotining rivojlanishini qo'llab-quvvatlaydigan va shu bilan birga atrof-muhit hamda jamiyatga salbiy ta'sirni minimallashtiradigan barqaror biznesni rivojlantirishdir.

Bank o'z faoliyatida O'zbekiston Respublikasi qonunchiligi talablariga hamda xalqaro moliyaviy tashkilotlar – Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki (YeTTB), Xalqaro moliya korporatsiyasi (IFC) va Osiyo taraqqiyot banki (OTB) kabi ko'plab yillardan beri hamkorlik qilayotgan institutlarning ilg'or xalqaro amaliyotlari va standartlariga tayangan holda ish yuritadi.

Ekologik mas'uliyat

Bank atrof-muhitga sezilarli salbiy ta'sir ko'rsatishi mumkin bo'lgan loyihalarni moliyalashtirishni cheklashga va barqaror rivojlanishga xizmat qiladigan loyihalarni qo'llab-quvvatlashga intiladi, jumladan:

  • resurslarni tejaydigan va energiya samaradorligi yuqori texnologiyalarni joriy etish;
  • qayta tiklanadigan energiya manbalaridan foydalanishga yo'naltirilgan loyihalar;
  • chiqindilar va zararli tashlamalarni kamaytirishga qaratilgan modernizatsiya ishlari;
  • "yashil" va iqlimga moslashuvchan loyihalarni rivojlantirish.

Moliyalashtiriladigan barcha loyihalar bo'yicha Bank:

  • atrof-muhitni muhofaza qilish, davlat ekologik ekspertizasi, litsenziyalash va ruxsat berish tartib-taomillariga oid O'zbekiston Respublikasi qonun hujjatlariga muvofiqligini baholaydi;
  • zarur ruxsatnomalar, xulosalar va kelishuvlarning mavjudligini tekshiradi;
  • Bankning moliyalashtirishdan chiqarib tashlangan faoliyat turlari ro'yxatini (Exclusion List) qo'llaydi.

Ijtimoiy mas'uliyat

"Davr Bank" XATB ijtimoiy masalalarga ham bank ichida, ham mijozlar va hamkorlar bilan munosabatlarda alohida e'tibor qaratadi. Bank o'z faoliyatida:

  • mehnat qonunchiligi, mehnatni muhofaza qilish, xodimlar salomatligi va xavfsizligi normalariga rioya etilishini talab qiladi;
  • moliyalashtiriladigan loyihalarda bolalar mehnati va majburiy mehnatning har qanday shakllaridan foydalanilishini istisno qiladi, ayniqsa qishloq xo'jaligi va to'qimachilik sohalaridagi loyihalarga alohida e'tibor qaratadi;
  • yangi ish o'rinlari yaratadigan va mahalliy hamjamiyatlar farovonligini oshiradigan kichik va o'rta biznesni qo'llab-quvvatlaydi;
  • xodimlar uchun inklyuziv va kamsitishsiz mehnat muhitini yaratishga, teng imkoniyatlarni ta'minlashga intiladi.

Korporativ boshqaruv va biznes etikasi

Samarali korporativ boshqaruv mijozlar, hamkorlar va investorlar ishonchining asosi hisoblanadi. Bank:

  • O'zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari va regulyator me'yoriy-huquqiy hujjatlariga rioya etadi;
  • komplaens nazorati, ichki audit va risklarni boshqarish tizimini rivojlantiradi, bunda ekologik va ijtimoiy xatarlar Bankning umumiy risk-menejment tizimiga integratsiya qilinadi;
  • oshkoralik, hisobdorlik va biznes etikasi tamoyillariga amal qiladi;
  • aksiyadorlar, xalqaro moliyaviy institutlar va boshqa manfaatdor tomonlar bilan samarali hamkorlikni qo'llab-quvvatlaydi.

ESG va xalqaro standartlar

ETTB, XMK va OTB bilan hamkor bank sifatida Bank o'zining ekologik va ijtimoiy boshqaruv tizimini (ESMS) ushbu tashkilotlarning talablari va tamoyillariga muvofiq ravishda shakllantiradi, jumladan:

  • ekologik va ijtimoiy barqarorlik bo'yicha tamoyillar va talablar;
  • mas'uliyatli moliyalashtirish amaliyotlari;
  • kredit tahlili jarayoniga iqlimiy va ijtimoiy xatarlarni integratsiya qilish.

Bankning ichki tartib-qoidalariga Ekologik va ijtimoiy boshqaruv siyosati (ESMS) talablari bosqichma-bosqich joriy etilmoqda, jumladan:

  • loyihalarning majburiy ekologik va ijtimoiy skriningi va Exclusion List bo'yicha tekshirish;
  • ekologiya, mehnatni muhofaza qilish va texnika xavfsizligi bo'yicha milliy me'yorlarga rioya etilishini tekshirish;
  • shartnoma hujjatlarida asosiy ESG kovinantlarini aks ettirish;
  • ESG bilan bog'liq savollarni kredit tahlili, skoring va ichki reglamentlarga integratsiya qilish.

Hujjatlar va hisobotlilik

ESG/ESMS tizimini rivojlantirish doirasida Bankda quyidagi asosiy ichki hujjatlar qabul qilingan va amal qilmoqda:

  • "Davr Bank" XATB ning Ekologik va ijtimoiy boshqaruv siyosati (ESMS);
  • moliyalashtirilishi taqiqlangan faoliyat turlari ro'yxati;
  • kredit jarayonida ekologik va ijtimoiy xatarlarni baholash bo'yicha ichki tartib-taomillar.

O'zaro aloqa va fikr-mulohaza

Bank barqaror rivojlanish, "yashil" moliyalashtirish, iqlimiy va ijtimoiy xatarlar, gender tengligi va boshqa ESG mavzulari bo'yicha barcha manfaatdor tomonlar bilan ochiq muloqotga tayyor.

Ekologik, ijtimoiy va korporativ boshqaruv masalalari bo'yicha savollar, taklif va mulohazalaringizni quyidagi elektron manzilga yuborishingiz mumkin: [email protected]