Shaxsiy kabinetVirtual qabulxona1284+998 71 207 40 40[email protected]Filiallar

Xodimlarni tanlashning asosiy mezonlari

Xodimlarni tanlash jarayoni — bank faoliyatining ishonchliligi, samaradorligi va mijozlarga xizmat ko‘rsatish sifati bilan bevosita bog‘liq muhim bosqichdir.

Nomzodlarni baholashda biz ularning kasbiy, shaxsiy va etik sifatlarini kompleks tarzda tahlil qilamiz.

Bank nafaqat nomzodning bilim va tajribasini, balki korporativ qadriyatlarimizni bo‘lishish, uzoq muddatli hamkorlikka tayyorlik va kasbiy o‘sishga intilishni ham yuqori qadrlaydi.

Xodimlarni tanlashning asosiy mezonlari
  1. Bilim va ko‘ nikma

Nomzodning kasbiy bilimlari va amaliy ko‘nikmalari lavozim talablariga to‘liq javob berishi lozim.

Baholash quyidagi mezonlar asosida amalga oshiriladi:

Tegishli soha bo‘yicha oliy ma’lumot (bank ishi, moliya, iqtisodiyot yoki huquq yo‘nalishlari);

Bank, moliya yoki sug‘urta sohasida amaliy ish tajribasiga ega bo‘lish;

Zamonaviy bank tizimlari;

Tahliliy fikrlash, raqamlar bilan ishlash va moliyaviy hisobotlarni tushunish qobiliyati.

  1. Reputatsiya (obro‘) va ishonchlilik

Bank tizimida obro‘ va ishonchlilik eng muhim mezonlardan biridir.

Nomzodning halolligi, ishonchliligi va mas’uliyatlilik darajasi quyidagi omillar orqali baholanadi:

Oldingi ish joylaridan olingan haqqoniy tavsiyanomalar va ijobiy ish tavsifnomasi;

Bank xavfsizlik xizmati tomonidan o‘tkaziladigan tekshiruvdan muvaffaqiyatli o‘tish;

Qonunchilikka zid yoki intizomiy xatti-harakatlar mavjud emasligi;

Bank sirlarini saqlash va axborot maxfiyligiga rioya etish kafolati.

  1. Shaxsiy sifatlar

Nomzodning shaxsiy fazilatlari bank jamoasida muvaffaqiyatli faoliyat yuritish uchun muhim ahamiyatga ega.

Baholashda quyidagi jihatlar inobatga olinadi:

Mas’uliyatlilik, e’tibor va tartiblilik;

Halollik va etik me’yorlarga sodiqlik;

Stressli vaziyatlarda to‘g‘ri qaror qabul qila olish;

Ish jarayonida aniqlik va intizomni saqlash;

Mijozlar bilan samarali muloqot o‘rnatish, muammoli vaziyatlarni diplomatik tarzda hal qilish;

Pozitiv fikrlash va jamoaga ijobiy ruh bag‘ishlash.

  1. Mijozlarga xizmat ko‘rsatishda tezkorlik va sifatga yo‘naltirilganlik

Bank faoliyatining asosiy maqsadi — mijozlar ehtiyojini tez, sifatli va samarali tarzda qondirishdir. Shu sababli nomzodlarning quyidagi xususiyatlari alohida ahamiyat kasb etadi:

Mijoz so‘rovlarini tez va aniq hal qilish qobiliyati;

Xizmat sifati va mijoz qoniqishini ustuvor maqsad sifatida ko‘rish;

Ish jarayonida aniqlik, e’tibor va mijoz manfaatiga yo‘naltirilganlik;

Qiyin vaziyatlarda ham xushmuomala, sabrli va diplomatik bo‘lish;

Mijoz bilan aloqa jarayonida bank imijini yuqori darajada saqlash;

Xizmat ko‘rsatish jarayonlarini doimiy ravishda yaxshilashga intilish.

  1. Jamoadaishlashva o‘zaro hamkorlik

Bank tizimida samarali natijalarga erishish jamoaviy harakat bilan bog‘liq. Shu sababli nomzodning ijtimoiy va kommunikativ ko‘nikmalari ham muhim hisoblanadi:

Jamoa tarkibida samarali ishlash va hamkasblarga yordam ko‘rsatish;

Rahbariyat bilan ochiq, konstruktiv muloqot o‘rnatish;

Korporativ madaniyatga rioya qilish va xizmat odobi me’yorlarini buzmaslik;

Nizoli vaziyatlarda muvozanatni saqlash va murosaga kelish qobiliyati;

Kollektivda ijobiy muhit yaratishga hissa qo‘shish.


Qanday hujjatlar talab etiladi

Rezyume yoki CV bilan shaxsni tasdiqlovchi hujjat


Ishga joylashish jarayonlari haqida ma’lumot

Davr Banki xodimlar uchun qulay va samarali ish muhitini yaratishga intiladi.

Biz ochiqlik, mas’uliyat va professional rivojlanish tamoyillariga amal qilamiz.


Ishga joylashish jarayoni:

Ariza yuborish — nomzodlar o‘z rezyumelarini quyidagi raqamlarga yoki [email protected] pochtasiga yuboradilar:

+998991771284


Tanlab olish bosqichi — HR bo‘limi rezyumeni ko‘rib chiqadi va mos nomzodlarni suhbat uchun chaqiradi.

Suhbat va baholash — suhbat HR mutaxassislari va bo‘lim rahbarlari ishtirokida o‘tkaziladi.

Qaror va taklif — muvaffaqiyatli nomzodga ish taklifi yuboriladi.

Yangi va mavjud vakansiyalar haqidagi ma’lumotlar www.davrbank.uz orqali yangilanib boriladi.


Qo‘shimcha ma’lumot:

Har bir nomzodning ma’lumotlari maxfiy saqlanadi.

Davr Bank teng imkoniyatlar tamoyiliga amal qiladi.

Barcha savollar bo‘yicha:

+998991771284