Shaxsiy kabinetVirtual qabulxona1284+998 71 207 40 40[email protected]Filiallar
Orqaga qaytish

O'zbekiston Respublikasida omonatlarni kafolatlash tizimi to'g'risida ma'lumot

Deposit Guarantee

Omonatlarni kafolatlash tizimi

Omonatlarni kafolatlash tizimi — kafolatlash hodisasi yuzaga kelganda Omonatlarni kafolatlash agentligi tomonidan omonatchilarga kompensatsiyalarni toʻlash orqali ularning huquqlari va qonuniy manfaatlarini davlat tomonidan himoya qilishga qaratilgan chora-tadbirlar majmuidir.

Kafolatlash tizimida quyidagilar ishtirok etadi:

  • Omonatlarni kafolatlash agentligi
  • Banklar
  • Kafolatlash obyektlarining egalari

Kafolatlash obyektlari

Quyidagilar kafolatlash obyektlari hisoblanadi:

  • Jismoniy shaxslarning, shu jumladan yakka tartibdagi tadbirkorlarning omonatlari
  • Yuridik shaxslarning banklardagi omonatlari
  • O'zbekiston Respublikasi milliy valyutasi va chet el valyutasidagi omonatlar

Omonat deb hisoblanadigan mablag'lar

Kafolatlash obyektini aniqlashda quyidagilar omonat deb hisoblanadi:

  • Bank omonati shartnomasi yoki bank hisobvarag'i shartnomasiga muvofiq bankka qo'yilgan pul mablag'lari (shu jumladan "eskrou" hisobvaraqlari), shuningdek omonat (depozit) sertifikatlari bilan tasdiqlangan mablag'lar qoldig'i;
  • Bank omonati yoki hisobvaraq shartnomasi bo'yicha hisoblangan, ammo kafolatlash hodisasi yuzaga kelguniga qadar to'lanmagan foizlar (agar shartnomada nazarda tutilgan bo'lsa), shuningdek depozit sertifikatlari bo'yicha hisoblangan, lekin to'lanmagan foizlar.

Kafolatlash obyektiga kirmaydigan mablag'lar

Quyidagilar kafolatlash obyekti hisoblanmaydi:

  • Banklar, nobank kredit tashkilotlari, lizing, sug'urta, investitsiya va pay fondlari hamda boshqa moliya tashkilotlarining omonatlari;
  • Davlat organlari, davlat tashkilotlari va korxonalarining omonatlari;
  • Bankka aloqador shaxslarning omonatlari (bank boshqaruv a'zolari va muhim xodimlarning oxirgi uch oylik ish haqi miqdoridan oshmaydigan omonatlar bundan mustasno);
  • Chet eldagi shu'ba banklar va filiallardagi omonatlar;
  • Shaxsiy jamg'arib boriladigan pensiya hisobvaraqlari mablag'lari;
  • Sud qarori bilan jinoiy faoliyatdan olingani tasdiqlangan mablag'lar.

Kompensatsiya miqdori

Bir bankda bir omonatchiga to'lanadigan kompensatsiya:

  • Agar omonat qoldig'i 200 000 000 so'm yoki undan kam bo'lsa — to'liq hajmda;
  • Agar omonat qoldig'i 200 000 000 so'mdan ortiq bo'lsa — 200 000 000 so'm miqdorida.

Kompensatsiyalarni to'lash tartibi

Kompensatsiyalar:

  • Agent-bank orqali;
  • Omonat oluvchining boshqa bankdagi hisobvarag'iga o'tkazish yo'li bilan;
  • Omonatlarni kafolatlash agentligi Kuzatuv kengashi belgilagan boshqa usullarda to'lanishi mumkin.

Kompensatsiya to'lash muddati

Omonatlarni kafolatlash agentligi kafolatlash hodisasi yuzaga kelgan kundan boshlab omonatchilarning kamida to'rtdan uch qismiga kompensatsiya olish imkoniyatini ta'minlashi shart:

  • 20 ish kuni ichida;
  • 2026-yil 1-yanvardan boshlab — 15 ish kuni ichida;
  • 2027-yil 1-yanvardan boshlab — 7 ish kuni ichida.