Kredit maqsadi
Birlamchi bozordan (avtosalondan) yangi KIA, CHERY, HAVAL, CHANGAN rusumli avtomashinalarni sotib olish uchun.
Rasmiy dilerlar
"ROODELL" MChJ, "CHANGAN AUTO DISTRIBUTION" MChJ, "GREAT WALL MOTORS DISTRIBUTION" MChJ.
Maksimal miqdori
500 mln. so‘mgacha (avtosalon shartnomasi summasidan oshmagan holda).
Kredit muddati
15 oydan 60 oygacha
Boshlang‘ich badal
25% dan 70% gacha
Yillik foiz stavkalari
0% dan 20% gacha (Boshlang‘ich badal miqdoriga qarab)
Kreditni so‘ndirish
Differensial yoki Annuitet usulda, har oyning 2-sanasigacha.
Ajratish shakli
Avtosalon hisob raqamiga 100% miqdorda pul o‘tkazish yo‘li bilan.
Mijoz yoshi
20 yoshga to‘lgan bo‘lishi shart. Kredit tugash muddatiga qadar erkaklar 65 yoshdan, ayollar 60 yoshdan oshmasligi kerak.
Daromad talabi
Rasmiy daromadga ega bo‘lgan yoki O‘zini o‘zi band qilgan O‘zbekiston fuqarolari. (Agar daromad yetarli bo‘lmasa, boshqa shaxs kafilligi olinishi mumkin).
Qarz yuki (DTI)
Oylik kredit to‘lovlari mijoz sof daromadining 50 foizidan oshmasligi lozim.
Kredit tarixi
KATM (skoring) balli 200 dan kam bo‘lmasligi shart.
Garov ta'minoti
* Sotib olinayotgan avtomobilning o‘zi garovga olinadi.
* Garov qiymati kredit qoldig‘ining kamida 134% ini tashkil etishi, lekin mashina narxining 100% idan oshmasligi kerak.
* Mashina kredit davriga majburiy sug‘urta qilinadi.