Boshlang'ich to'lov
Talab qilinmaydi
Foiz stavkasi
Foiz stavkasi 31% dan 34% gacha (ko'chmas mulk garovida 31,0%, avtotransport garovida 34,0% gacha)
Imtiyozli davr
30 kun (foizlar kredit ajratilgan sanadan boshlab 30 kun davomida hisoblanmaydi. Agar 30 kun davomida kredit so‘ndirilmasa, avvalgi foizlar qo‘shilib hisoblanadi.)
Kredit garoviga qo'yiladigan talablar
* Kamida 4 qavatli uydagi turar va/yoki noturar xonadonlar (undan past bo'lgan uylar Bosh ofis tomonidan ko'rib beriladi) ;
* Zamonaviy qurilgan hovli joylar va kotejdli turar joylar ;
* Noturar ko'chmas mulklar (Bosh ofis tomonidan ko'rib beriladi) ;
* Ishlab chiqarilganiga 12 oydan 60 oygacha bo'lgan, bozor bahosining 50% dan 75% gacha miqdorida qabul qilinadigan yengil avtomobil va elektromobillar.
Kredit maqsadi
Tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish yoki mavjud faoliyatni rivojlantirish (milliy valyutada).
Kredit miqdori
300 million so'mgacha.
Kredit muddati
60 oygacha.
Kredit oluvchilar va ularga qo'yilgan talablar
Doimiy ro'yxatda turuvchi va doimiy istiqomat qiluvchi, murojaat qilgan vaqtda 20 yoshga to'lgan hamda kredit muddati tugagunga qadar erkaqlar 65 yoshdan, ayollar 60 yoshdan oshmagan, o'zini o'zi band qilgan O'zbekiston Respublikasi fuqarolari. Shuningdek, KATM balli 200 dan kam bo'lmasligi lozim.
Kredit topshirish usuli (Ajratish jarayoni)
Garov ta'minoti notarial tartibda garovga qo'yilgandan so'ng, kredit mablag'lari qarz oluvchining "Davr bank" XATB tizimida ochilgan omonat yoki plastik kartasiga o'tkazib beriladi.
Muddatidan oldin so'ndirish imkoniyati
Mavjud (Kredit pasportida taqiqlar belgilanmagan).
Qarz yuki ko'rsatkichi
Qarz oluvchining qarz yuki ko'rsatkichi (soliqlar chegirilgan holdagi daromadiga nisbatan) 50 foizdan oshmasligi lozim.
To'lov usuli va so'ndirish tartibi
Foizlar differensial yoki annuitet shaklida hisoblanadi. To'lovlar naqd pulda, plastik karta, omonat hisob raqami yoki mobil ilovalar orqali har oyning 2-sanasida (30 kunlik imtiyozli davrdan so'ng) amalga oshiriladi.