Kredit maqsadi
Tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish yoki mavjud faoliyatni rivojlantirish uchun milliy valyutada ajratiladi.
Maksimal miqdor
200 mln. so'mgacha.
Kredit muddati
60 oygacha.
Yillik foiz stavkasi
• 26% – Ko‘chmas mulk va rasmiy daromad tasdiqlanganda.
• 27% – Ko‘chmas mulk garovi (KATM talablari asosida).
• 34% – Ko‘chmas mulk garovi (KATM talablari asosida).
Kredit oluvchilar va ularga qo’yilgan talablar
Farg‘ona shahri, Farg‘ona tumani, Namangan shahri va Namangan tumanida doimiy ro‘yxatda turuvchi va istiqomat qiluvchi shaxslar.
Yosh chegarasi
Murojaat vaqtida kamida 20 yoshga to‘lgan bo‘lishi, kredit tugash vaqtida erkaklar 65 yosh, ayollar 60 yoshdan oshmasligi shart.
Ta'minot (Garov)
• Ko‘chmas mulk garovi (uy-joy, xonadon, noturar bino).
• Garov miqdori kredit summasining 100% dan kam bo‘lmasligi kerak.
• Mulklar bozor bahosining 40% dan 60% gacha miqdorda garovga qabul qilinadi.
Kredit ajratish tartibi
Garov ta'minoti notarial tartibda garovga qo‘yilgandan so‘ng, mablag‘ bankda ochilgan omonat yoki plastik kartaga o‘tkazib beriladi.
Daromad yetarli bo'lmaganda
Agar qarz oluvchining rasmiy daromadi yetmasa, rasmiy daromadga ega boshqa shaxsning kafilligi olinishi mumkin.
Kredit tarixi (KATM)
Mijozning KATM balli 200 dan kam bo‘lmasligi lozim.
To'lov usuli
Annuitet yoki Differensial shaklda. To'lovlar har oyning 2-sanasigacha amalga oshiriladi.
Muddatidan oldin to'lash
Kreditni muddatidan oldin so'ndirish (qaytarish) imkoniyati mavjud.
Sug'urta
Garov mulklari kredit muddati davomida sug'urtalanishi shart.