Hurmatli mijozlar!
Sizlarga shuni ma’lum qilamizki, “Davr bank” XATBning Toshkent shahar, Yakkasaroy tumani, Kichik halqa yo‘li, 1a manzilida joylashgan “Ipoteka xizmati” Bank xizmatlari markazi faoliyati to‘xtatilganligini e’lon qilamiz.
Shu munosabat bilan, barcha xizmatlar endilikda “Davr bank”ning boshqa Bank xizmatlari markazlari, filiallarida hamda “Davr Mobile 2.0” rasmiy mobil ilovasi orqali ko‘rsatiladi.
Qo‘shimcha ma’lumot uchun quyidagi telefon raqamlariga murojaat qilishingiz mumkin:
📞 1284
📞 +9982074040
Biz doimo mijozlarimizga qulay va sifatli bank xizmatlarini taqdim etishga harakat qilamiz.