Hurmatli Omonatchi!
Siz bilan tuzilgan “Sharqona” nomli milliy valyutadagi muddatli omonat bo‘yicha Ommaviy oferta shartnomasining 7.4-bandiga muvofiq, Bank quyidagilarni ma’lum qiladi:
🔹 Omonat hisobvarag‘iga qo‘shimcha mablag‘lar kiritish imkoniyati to‘liq to‘xtatiladi.
Mazkur o‘zgarish kuchga kirish sanasi: 2026-yil 5-may
O‘zgarishlar haqida ma’lumot Ommaviy oferta shartnomasining 4.3.2-bandiga muvofiq quyidagi usullar orqali yetkazilmoqda:
Rasmiy veb-sayt: www.davrbank.uz
PUSH xabarnomalar orqali
Agar sizda qo‘shimcha savollar yoki tushunmovchiliklar yuzaga kelsa, 1284 qisqa raqam orqali murojaat qilishingiz mumkin.
Hurmat bilan,
“DAVR BANK” Xususiy aksiyadorlik tijorat banki