Hurmatli mijozlar va tadbirkorlar!
"Davr Bank" XATB xizmat ko‘rsatish tizimini takomillashtirish hamda bank infratuzilmasini samarali boshqarish maqsadida, 2026-yil 6-apreldan boshlab quyidagi yangilangan tariflar kuchga kirganini ma’lum qiladi:
🏧 Bankomatlar orqali kartani naqd pul bilan to‘ldirish: Endilikda bankomatlarimiz orqali UZCARD kartalariga naqd pul tushirishda quyidagi komissiya stavkalari amal qiladi:
"Davr Bank" kartalari uchun: operatsiya summasidan 0,5%;
Boshqa bank kartalari uchun: operatsiya summasidan 1,0%.
💳 Savdo terminallari ijarasi (Tadbirkorlar uchun):
Agar savdo terminali orqali 2 oydan ortiq vaqt davomida tranzaksiyalar amalga oshirilmasa, uchinchi oydan boshlab ijara to‘lovi oyiga 100 000 so‘m etib belgilanadi.
📞 Savollaringiz bo'lsa, 1284 qisqa raqamiga qo'ng'iroq qiling.