Bank kartalari xavfsizligini oshirish bo‘yicha texnik ishlar olib borilishi munosabati bilan, 27.05.2026 yil soat 00:00 dan boshlab barcha plastik karta amaliyotlariga (P2P, onlayn to‘lov, terminal orqali va h.k.) kunlik 10 000 000 so‘mlik vaqtinchalik limit o‘rnatiladi.
Texnik ishlar yakuniga yetkazilgandan so‘ng ushbu limitlar to‘liq olib tashlanadi.
Cheklov turi: Barcha turdagi amaliyotlar uchun (P2P o‘tkazmalar, onlayn to‘lovlar, terminal orqali to‘lovlar va boshqalar);
Kunlik limit miqdori: 10 000 000 (o‘n million) so‘m.
Savollar tug‘ilganda qo‘llab-quvvatlash markaziga murojaat qilishingiz mumkin: 71 207 40 40 yoki 1284 qisqa raqamiga.
Keltirilgan noqulayliklar uchun oldindan uzr so‘raymiz.