Bugungi kunda ko‘plab foydalanuvchilarga fayl yoki hujjat ko‘rinishida zararli virus yuborilmoqda. Ular ko‘pincha o‘zlarini bank xodimi, kompaniya vakili yoki tanish inson sifatida tanishtirib, sizni faylni ochishga undashadi.
📎 Faylni ochgan zahoti, virus sizning telefoningiz yoki kompyuteringizga kirib, bank hisob raqamingizdagi mablag‘ni o‘g‘irlashi mumkin.
🔒 O‘zingizni himoya qiling:
▫️Begona manbalardan kelgan fayllarni ochmang.
▫️Noma’lum raqamlar yoki ijtimoiy tarmoqlardan kelgan havolalarni bosmang.
▫️Bank ma’lumotlaringizni hech kimga yubormang. Har doim ruxsat etilgan rasmiy ilovalar orqali ishlang.
💡 Yodda tuting: sizning xavfsizligingiz — o‘zingizning ehtiyotkorligingizga bog‘liq!