Davlat ijtimoiy sug‘urta jamg‘armasi: yangi nafaqalar qulay va proaktiv tartibda
2026-yildan boshlab Davlat ijtimoiy sug‘urta jamg‘armasi orqali fuqarolarga nafaqalar tayinlash va to‘lash tizimi yanada takomillashtiriladi.
Jumladan, 2026-yil 1-yanvardan homiladorlik va tug‘ish nafaqasi, 2026-yil 1-iyuldan esa vaqtincha mehnatga layoqatsizlik nafaqasi Davlat ijtimoiy sug‘urta jamg‘armasi tomonidan tayinlanadi va to‘lanadi.
Muhim jihati shundaki, ushbu nafaqalar fuqarolarning alohida murojaatisiz, ya’ni proaktiv shaklda avtomatik tarzda tayinlanadi. Bu esa ortiqcha hujjatlar va vaqt sarfini kamaytirib, aholiga yanada qulaylik yaratadi.
📞 Batafsil ma’lumot uchun: 1070