05-sentabr, 2025Davr Bank va UzAuto Motors: Chevrolet Damas, Onix va Tracker uchun yangi avtokreditlar
“Davr Bank” XATB va “UzAuto Motors” o‘rtasidagi hamkorlik yo’lga qo’yildi va yangi avtokredit dasturi ishga tushirildi. Endilikda mijozlar Chevrolet Damas, Onix va Tracker avtomobillarini qulay va moslashuvchan shartlarda xarid qilish imkoniyatiga ega bo‘ladilar.Yangi mahsulotning maqsadi – aholining zamonaviy va ishonchli avtomobillarga bo‘lgan talabini qondirish, uzoq muddatli kreditlash imkoniyatlarini kengaytirish va mijozlarga maksimal qulaylik yaratishdir. Kredit shartlariAvtomobillar: Chevrolet Damas, Onix, TrackerKredit muddati: 13 oydan 60 oygachaBoshlang‘ich to‘lov: avtomobil qiymatining 30% dan boshlab Foiz stavkalari:- Daromadi tasdiqlangan mijozlar uchun – 0%- Daromadi tasdiqlanmagan mijozlar uchun – 0% dan 19% gachaKredit valyutasi: milliy valyuta – so‘mTo‘lov usuli: avtomobil puli to‘liq UzAuto Motors hisob raqamiga o‘tkaziladi KREDIT SHARTLARI RASMIY DAROMADGA EGA BO'LGAN SHAXSLAR UCHUN:- 15 oy:Boshlang'ich badal - 30%, foiz stavkasi - 0%- 18 oy:Boshlang'ich badal - 40%, foiz stavkasi - 0%- 22 oy:Boshlang'ich badal - 50%, foiz stavkasi - 0%- 24 oy:Boshlang'ich badal - 60%, foiz stavkasi - 0%- 36 oy:Boshlang'ich badal - 70%, foiz stavkasi - 0% KREDIT SHARTLARI RASMIY DAROMADGA EGA BO'LMAGAN SHAXSLAR UCHUN:- 13 oy:Boshlang'ich badal - 30%, foiz stavkasi - 0%- 22 oy:Boshlang'ich badal - 55%, foiz stavkasi - 0%- 24 oy:Boshlang'ich badal - 30%, foiz stavkasi - 10%Boshlang'ich badal - 50%, foiz stavkasi - 4%Boshlang'ich badal - 60%, foiz stavkasi - 0%- 30 oy:Boshlang'ich badal - 50%, foiz stavkasi - 7%Boshlang'ich badal - 60%, foiz stavkasi - 0%- 36 oy:Boshlang'ich badal - 30%, foiz stavkasi - 15%Boshlang'ich badal - 50%, foiz stavkasi - 10%Boshlang'ich badal - 70%, foiz stavkasi - 0%- 48 oy:Boshlang'ich badal - 30%, foiz stavkasi - 17%Boshlang'ich badal - 50%, foiz stavkasi - 13%- 60 oy:Boshlang'ich badal - 30%, foiz stavkasi - 19%Boshlang'ich badal - 50%, foiz stavkasi - 15%Asosiy afzalliklar• Rasmiy daromadga ega shaxslarga qisqa muddatli kreditlar (15–24 oy) uchun – 0% stavka;• Rasmiy daromadga ega bo’lmagan shaxslar uchun qisqa va o’rta muddatli kreditlar (13-36 oy) uchun – 0% stavka bilan olish imkoniyati;• Boshlang‘ich to‘lov atigi 30% dan boshlanadi;• Daromadni tasdiqlamagan mijozlar uchun ham uzoq muddatli (60 oygacha) kredit imkoniyati mavjud;• Kredit to‘lovlari bo‘yicha moslashuvchan jadval.Kredit olish tartibi1. Ariza topshirish: mijoz “Davr Bank” filiallaridan biriga murojaat qiladi.2. Zarur hujjatlar:o Pasport (yoki boshqa, shaxsni tasdiqlovchi hujjat);o Daromad to‘g‘risida ma’lumotnoma (agar mavjud bo‘lsa);o Avtomobil xaridi bo‘yicha shartnoma.3. Kreditni ko‘rib chiqish: hujjatlar va mijozga kredit ajratish imkoniyati bilan bog’liq ma’lumotlar bank tomonidan tahlil qilinib, qaror qabul qilinadi.4. Kredit mablag‘ini o‘tkazish: avtomobilni xarid qilish uchun to’lov to‘g‘ridan-to‘g‘ri “UzAuto Motors” hisob raqamiga o‘tkaziladi.5. Avtomobilni rasmiylashtirish: mijoz avtomobilni rasmiy dilerlardan qabul qilib oladi va avtomobil mijoz nomiga rasmiylashtiriladi.Kredit kimlar uchun beriladi?• O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari;• 18 yoshdan katta, muomalaga layoqatli shaxslar;• Daromadi tasdiqlangan va tasdiqlanmagan jismoniy shaxslar;• O‘zini-o‘zi band qilgan jismoniy shaxslar;• Yakka tartibdagi tadbirkorlar;• Yuridik shaxslar.“Davr Bank” XATB va “UzAuto Motors” tomonidan taqdim etilayotgan yangi kredit mahsuloti aholiga o‘z orzu qilgan avtomobilini qisqa yoki uzoq muddatli, qulay va shaffof shartlarda xarid qilish imkonini beradi.Batafsil ma’lumotni “Davr Bank” XATB filiallaridan va “UzAuto Motors” kompaniyasining rasmiy dillerlik markazlaridan olishingiz mumkin!