Shaxsiy kabinetVirtual qabulxona1284+998 71 207 40 40[email protected]Filiallar
Orqaga qaytish
Nashr qilindi 21-oktabr, 2025

Chevrolet Onix va Tracker avtomobillarini Davr Bank’dan 0% bilan xarid qiling!

Chevrolet Onix va Tracker avtomobillarini Davr Bank’dan 0% bilan xarid qiling!

Davr Bank mijozlar uchun Chevrolet Onix va Tracker avtomobillarini qulay shartlarda foizsiz (0%) avtokredit dasturini ishga tushirdi.

Mijozlar tanlangan model uchun amalga oshirilgan boshlang‘ich to‘lov miqdoriga qarab, Tracker avtomobilini 60 oygacha, Onix avtomobilini esa 56 oygacha foizsiz muddatli to‘lov asosida xarid qilish imkoniyatiga ega.

+998935321133_@s_sanjarr_file_31302.jpg

Chevrolet Tracker:

–25% boshlang‘ich to‘lov – 24 oyga

–30% boshlang‘ich to‘lov – 30 oyga

–40% boshlang‘ich to‘lov – 36 oyga

–50% boshlang‘ich to‘lov – 46 oyga

–60% boshlang‘ich to‘lov – 60 oyga.

+998935321133_@s_sanjarr_file_31301.jpg

Chevrolet Onix:

–25% boshlang‘ich to‘lov – 30 oyga

–30% boshlang‘ich to‘lov – 36 oyga

–40% boshlang‘ich to‘lov – 45 oyga

–50% boshlang‘ich to‘lov – 56 oyga.

Moliyalashtirish shartlari bank tomonidan belgilanadi. Aksiya doirasida avtomobillar chegirmasiz narxlarda taklif etiladi.

Batafsil ma’lumot olish uchun “Davr Bank” XATB rasmiy saytiga tashrif buyurish yoki 1284 raqamiga murojaat qilish mumkin.

Boshqa yangiliklar

26-may, 2026
Hurmatli bank mijozlari va karta egalari!
Bank kartalari xavfsizligini oshirish bo‘yicha texnik ishlar olib borilishi munosabati bilan, 27.05.2026 yil soat 00:00 dan boshlab barcha plastik karta amaliyotlariga (P2P, onlayn to‘lov, terminal orqali va h.k.) kunlik 10 000 000 so‘mlik vaqtinchalik limit o‘rnatiladi.Texnik ishlar yakuniga yetkazilgandan so‘ng ushbu limitlar to‘liq olib tashlanadi.Cheklov turi: Barcha turdagi amaliyotlar uchun (P2P o‘tkazmalar, onlayn to‘lovlar, terminal orqali to‘lovlar va boshqalar);Kunlik limit miqdori: 10 000 000 (o‘n million) so‘m.Savollar tug‘ilganda qo‘llab-quvvatlash markaziga murojaat qilishingiz mumkin: 71 207 40 40 yoki 1284 qisqa raqamiga.Keltirilgan noqulayliklar uchun oldindan uzr so‘raymiz.
Hurmatli bank mijozlari va karta egalari!
25-may, 2026
Bayram kunlarida ishlaydigan «Davr Bank» filiallari
Hurmatli mijozlar!«Davr Bank» sizlarga bayram kunlarida ham qulaylik yaratish maqsadida, 2026-yilning 28 va 29-may kunlari quyidagi filiallarimiz aholiga valyuta amaliyotlari bo‘yicha xizmat ko‘rsatish uchun ochiq bo‘lishini ma’lum qiladi:·         Amaliyot boshqarmasi·         Chilonzor filiali·         Yakkasaroy filiali·         Mirzo Ulug‘bek filiali·         Uchtepa filiali·         Olmazor filiali·         Yunusobod filiali(Barcha ko‘rsatilgan filiallar Toshkent shahrida joylashgan)Dam olish kunlarida ham xizmatingizdamiz. «Davr Bank» bilan hamisha qulay!
Bayram kunlarida ishlaydigan «Davr Bank» filiallari
19-may, 2026
Mahalla agenti — moliyaviy imkoniyatlar va yechimlar ko‘prigi
Davr Bank mahalla tizimida yangi yondashuvni joriy etmoqda. Mahalla agentlari endi faqat xizmat ko‘rsatuvchi emas, balki aholining moliyaviy savodxonligini oshiruvchi va amaliy yechimlar taklif etuvchi mutaxassisga aylanmoqda.Asosiy yo‘nalishlar:Muammolarni tezkor aniqlash va yechim topishEhtiyojmand oilalarni qo‘llab-quvvatlashKreditlarni samarali biznes loyihalarga yo‘naltirishDavlat dasturlarini aholiga tushunarli tarzda yetkazishMaqsad: Har bir xonadonga yaqin, ishonchli va foydali moliyaviy xizmat tizimini yaratish.
Mahalla agenti — moliyaviy imkoniyatlar va yechimlar ko‘prigi
19-may, 2026
“Davr-bank” Xususiy aksiyadorlik tijorat banki 2026-yil 8-iyun kuni soat 10:00 da Toshkent shahri, Shayxontohur tumani, Navoiy-Zarqaynar ko‘chasi, “A” blok manzilida Aksiyadorlarning yillik umumiy yig‘ilishini o‘tkazadi.
Kun tartibi:·         Bank Aksiyadorlari umumiy yig‘ilishi reglamentini tasdiqlash;·         2025-yil yakunlari bo‘yicha yillik hisobotni ko‘rib chiqish;·         2026-yil uchun biznes-rejani tasdiqlash;·         2025-yil yakunlari bo‘yicha bank Boshqaruvining hisobotini eshitish;·         2025-yil yakunlari bo‘yicha bank Kengashining hisobotini eshitish;·         2025-yil yakunlari bo‘yicha bank Taftish komissiyasi tomonidan bankning moliyaviy-xo‘jalik faoliyati tekshiruvi natijalari yuzasidan tuzilgan hisobotni eshitish;·         2025-yil yakunlari bo‘yicha moliyaviy hisobotlarni tasdiqlash;·         2025-yil yakunlari bo‘yicha tashqi auditor xulosasini ko‘rib chiqish;·         2025-yil yakunlari bo‘yicha foydani taqsimlash masalasini ko‘rib chiqish;·         2026-yil uchun tashqi auditorni tayinlash;·         Bank Kengashi a’zolarini saylash;·         Bank Boshqaruvi raisi bilan tuzilgan mehnat shartnomasini uzaytirish;·         Bank aksiyalarini tashqi investorlarga sotish masalasini ko‘rib chiqish.
“Davr-bank” Xususiy aksiyadorlik tijorat banki 2026-yil 8-iyun kuni soat 10:00 da Toshkent shahri, Shayxontohur tumani, Navoiy-Zarqaynar ko‘chasi, “A” blok manzilida Aksiyadorlarning yillik umumiy yig‘ilishini o‘tkazadi.
08-may, 2026
Iqtisodiy o‘sish va ijtimoiy farovonlik sari yangi qadam!
Mahalla — islohotlarning bosh bo‘g‘ini. Shu bois, "Davr Bank" aholi farovonligini oshirish va hududlarda tadbirkorlik muhitini shakllantirish maqsadida mahalla bankirlari va agentlari uchun maxsus mahorat darslarini tashkil etmoqda. Bizning missiyamiz: Har bir xonadonga bank xizmatlarini kirib borishini ta’minlash va mahalla agentlarini chinakam iqtisodiy maslahatchilarga aylantirish. Treninglarning asosiy yo‘nalishlari: Muloqot san’ati: Fuqarolar murojaatlari bilan ishlash va muammolarga yechim topish. Ijtimoiy ko‘mak: Ehtiyojmand oilalarni aniqlash va manzilli yordam ko‘rsatish. Bandlik va biznes: Ishsizlikni qisqartirish hamda imtiyozli kreditlar orqali tadbirkorlikni yo‘lga qo‘yish. Huquqiy savodxonlik: Davlat dasturlari va Prezident qarorlarining mohiyatini aholiga sodda tilda tushuntirish.
Iqtisodiy o‘sish va ijtimoiy farovonlik sari yangi qadam!
06-mart, 2026
📢 Diqqat: Bankomat va savdo terminallari bo‘yicha tariflar o‘zgardi
Hurmatli mijozlar va tadbirkorlar!"Davr Bank" XATB xizmat ko‘rsatish tizimini takomillashtirish hamda bank infratuzilmasini samarali boshqarish maqsadida, 2026-yil 6-apreldan boshlab quyidagi yangilangan tariflar kuchga kirganini ma’lum qiladi:🏧 Bankomatlar orqali kartani naqd pul bilan to‘ldirish: Endilikda bankomatlarimiz orqali UZCARD kartalariga naqd pul tushirishda quyidagi komissiya stavkalari amal qiladi:"Davr Bank" kartalari uchun: operatsiya summasidan 0,5%;Boshqa bank kartalari uchun: operatsiya summasidan 1,0%.💳 Savdo terminallari ijarasi (Tadbirkorlar uchun):Agar savdo terminali orqali 2 oydan ortiq vaqt davomida tranzaksiyalar amalga oshirilmasa, uchinchi oydan boshlab ijara to‘lovi oyiga 100 000 so‘m etib belgilanadi.📞 Savollaringiz bo'lsa, 1284 qisqa raqamiga qo'ng'iroq qiling.
📢 Diqqat: Bankomat va savdo terminallari bo‘yicha tariflar o‘zgardi
16-aprel, 2026
"Sergeli" va "Bisyor" bank xizmatlari markazlari birlashtirilishini ma’lum qilamiz
"Davr Bank" XATB o‘zining hududiy bo‘linmalari tarmog‘ini optimallashtirish va mijozlarga xizmat ko‘rsatish sifatini yanada oshirish dasturi doirasida quyidagilarni ma’lum qiladi:2026-yilning [sana] kunidan boshlab Toshkent shahri, Sergeli tumani, Sergeli-6 mavzesida joylashgan "Sergeli" Bank xizmatlari markazi faoliyati Uchtepa tumani, Shirin ko‘chasi, 7-uy manzilidagi "Bisyor" Bank xizmatlari markaziga birlashtirilishini ma'lum qilamiz.Ushbu o‘zgarishdan so‘ng barcha amaldagi shartnomaviy majburiyatlar va mijozlarga xizmat ko‘rsatish jarayonlari "Bisyor" BXM tomonidan davom ettiriladi. Yangi manzil: Toshkent shahri, Uchtepa tumani, Shirin ko‘chasi, 7-uy.Xizmat ko‘rsatish vaqti: Dushanba — Juma (09:00 dan 18:00 gacha). 
"Sergeli" va "Bisyor" bank xizmatlari markazlari birlashtirilishini ma’lum qilamiz
03-aprel, 2026
“SHARQONA 2” MUDDATLI OMONATI OMONATCHILARIGA RASMIY BILDIRISHNOMA
Hurmatli Omonatchi!Siz bilan tuzilgan “Sharqona” nomli milliy valyutadagi muddatli omonat bo‘yicha Ommaviy oferta shartnomasining 7.4-bandiga muvofiq, Bank quyidagilarni ma’lum qiladi:🔹 Omonat hisobvarag‘iga qo‘shimcha mablag‘lar kiritish imkoniyati to‘liq to‘xtatiladi.Mazkur o‘zgarish kuchga kirish sanasi: 2026-yil 5-mayO‘zgarishlar haqida ma’lumot Ommaviy oferta shartnomasining 4.3.2-bandiga muvofiq quyidagi usullar orqali yetkazilmoqda:Rasmiy veb-sayt: www.davrbank.uzPUSH xabarnomalar orqaliAgar sizda qo‘shimcha savollar yoki tushunmovchiliklar yuzaga kelsa, 1284 qisqa raqam orqali murojaat qilishingiz mumkin.Hurmat bilan,“DAVR BANK” Xususiy aksiyadorlik tijorat banki
“SHARQONA 2” MUDDATLI OMONATI OMONATCHILARIGA RASMIY BILDIRISHNOMA
04-mart, 2026
🚀 To‘lovlar uchun tez va ishonchli yechim izlayapsizmi?
Davr Bank yuridik shaxslar uchun mahalliy va xalqaro faktoring xizmatlarini taklif etadi.🏦 Faktoring — bu mijozingiz to‘lovni amalga oshirishini kutmasdan, zarur mablag‘ni oldindan olish imkonini beruvchi moliyaviy xizmatdir. Tovar yetkazib berilgach yoki xizmat ko‘rsatilgach, bank qarzdorlik summasining 90% gacha qismini oldindan moliyalashtirib beradi.📌 Shartlar:• Muddat — 180 kungacha• Mahalliy faktoring — 2,5% dan 15,0% gacha• Xalqaro faktoring — 1,3% dan 7,8% gacha📌 Afzalliklari:• Tezkor likvidlik• Naqd pul oqimining barqarorligi• To‘lovlar bank nazoratida🏦 Davr Bank — vaqt sinovidan o‘tgan ishonch!
🚀 To‘lovlar uchun tez va ishonchli yechim izlayapsizmi?
26-fevral, 2026
XATB “Davr bank”ning ichki siyosatining ustuvor maqsadi - korrupsiyaga qarshi murosasiz kurashish.
Ma’lumki hozirgi kunda korrupsiyaga qarshi kurashish nafaqat Davr bankda, balki butun Respublika bo`ylab dolzarb masalalardan biri bo’lib kelmoqda. Bankimizda so‘nggi yilllarda mazkur sohaga oid qabul qilingan konseptual ahamiyatga ega ichki normativ-huquqiy hujjatlar, korrupsiyani oldini olishga qaratilgan chora-tadbirlar misolida ham ko‘rish mumkin. Jumladan, bankda muntazam ravishda mijozlar bilan bevosita muloqotlar, suhbatlar, mijozlarga anonim testlar orqali murojaat qilgan holda xulosalarni o’rganib, doimiy ravishda nazorat qilib boriladi.Shuningdek korrupsiyaga qarshi murosasiz muhitni yaratish bank xodimlarining keng ishtirokida amalga oshirilmoqda, xususan Davr bankning barcha tarkibiy bo’linmalarida, ya’ni bosh ofis, filiallar va BXMlarda xodimlar o’rtasita manfaatlar to’qnashuvini oldini olish maqsadida 1yilda 1marta xodimlar deklaratsiya to’ldirishlari, har chorakda anonim testlar va korrupsiyaga qarshi kurashish me’yoruy hujjatlarini bilish darajasini elektron testlar orqali aniqlash jarayonlari joriy etilgan. Mijozlardan yoki aholidan Davr bank faoliyatiga oid bo’lgan muammo, taklif yoki e’tirozlarni qabul qilish maqsadida ijtimoiy tarmoqlar va telefon orqali ishonch kanallari yo’lga qo’yilgan.Bundan tashqari yuridik yoki jismoniy shaxslarga kredit ajratish jarayonlarida shaffoflikni ta’minlash maqsadida bir necha bosqichlarini avtomatlashtirish jarayonini yo’lga qo’ymoqdamiz hamda mazkur shaxslarga kredit ajratilgan taqdirda korrupsiyaga qarshi kurashish bo’limi xodimlari tomonidan korrupsion holatlar yo’qligi to’g’risida telefon orqali muntazam va doimiy ravishda so’rovlar o’tkaziladi.Shu bilan birga bank tomonidan mahallarlarda va bank hududida korrupsiyaga qarshi kurash bo’limi boshlig’i tomonidan suhbatlar o’tkazildi. Unda fuqarolar, jamoatchilik vakillari, bank xodimlari  ishtirok etishdi. Suhbat  davomida, bankning korrupsiyaga qarshi siyosati va ichki nazorat mexanizmlari taqdim etildi, murojaatlarni ko‘rib chiqish tartibi haqida batafsil ma’lumot berildi, ishtirokchilarni qiziqtirgan savollarga ochiq javoblar qaytarildi. Ushbu suhbat bank faoliyatining shaffofligini namoyon etish hamda jamoatchilik ishonchini mustahkamlashga xizmat qildi.Xodimlar bilan ishlash Departamenti bilan birgalikda bankga ishga qabul qilinayotgan nomzodlar har tomonlama chuqur o‘rganilgan holda, barcha ma’lumotlari tegishli dasturlar orqali tekshirilib tasdiqlangandan keyin mezonlar asosida shaffof tanlov amalga oshirilishi ta’minlanmoqda, shuningdek, nomzodlarni tanlash va baholash tartibi oshkoralik, xolislik tamoyillari asosida amalga oshiriladi, shu bilan birga teng imkoniyatlarni ta’minlash hamda sog‘lom raqobat muhitini yaratish maqsadida mavjud vakant lavozimlar va ularga bo‘lgan talablarni Bankning “davrbank.uz” onlayn veb-sahifasi, maxsus HeadHunter (hh.uz) platformasi orqali e’lon qilish tizimi yo‘lga qo‘yilgan. “Davr bank” XATB tizimida korrupsiyaning oldini olish choralarini ko‘rish, uni keltirib chiqarishi mumkin bo‘lgan sabab va shart-sharoitlarni barvaqt aniqlash va bartaraf etish hamda korrupsiyaga qarshi murosasiz muhitni shakllantirish borasidagi ishlar kelgusida ham izchillik bilan davom ettiriladi. “Davr bank” XATB   korrupsiyaga qarshi kurashish va korrupsiyaviy holatlarning barvaqt oldini olish bo‘yicha ishlarni samarali tashkil etishda mijozlarining va xodimlarining  faolligini va tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlaydi.
XATB “Davr bank”ning ichki siyosatining ustuvor maqsadi -  korrupsiyaga qarshi murosasiz kurashish.
17-fevral, 2026
“DAVR BANK” XATB rasmiy munosabati
“DAVR BANK” XATBning "Moliya" bank xizmatlari markazi faoliyati yuzasidan ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan videomurojaat bo‘yicha quyidagilar ma’lum qilinadi.2026-yil 17-fevral kuni Moliya BXM'ida fuqaro murojaat qilgan, so'ralgan savollarga to'liq javob qilingan. Mazkur jarayon bankning amaldagi ichki tartib-qoidalari va me’yoriy hujjatlariga muvofiq amalga oshirilgan.Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan videoda keltirilgan ayrim ma’lumotlar o‘rganib chiqildi va ular haqiqatga to‘g‘ri kelmasligi aniqlandi. Holat yuzasidan ichki tekshiruv o‘tkazilib, kredit arizasini ko‘rib chiqish jarayonida amaldagi tartib buzilmagani tasdiqlandi.Bank fuqaro murojaatini qo‘shimcha ravishda yana bir bor ko‘rib chiqishga tayyor. Yakuniy qaror amaldagi qonunchilik va bankning ichki siyosatiga muvofiq qabul qilinadi. “DAVR BANK” XATB har bir murojaatni alohida e’tibor bilan ko‘rib chiqadi hamda xizmatlar sifati va shaffofligini ta’minlashni o‘zining ustuvor vazifasi deb biladi.Bankda fuqarolarning huquqlari kamsitilishiga va diskriminatsiyaga yo’l qo’yilmaydi!Hurmat bilan, “DAVR BANK” XATB
“DAVR BANK” XATB rasmiy munosabati
11-fevral, 2026
RASMIY MUNOSABAT
TikTok platformasi orqali joylashtirilgan(https://www.tiktok.com/@user6652874529085/video/7604504907550362887)videomurojaat yuzasidan quyidagilar ma’lum qilinadi.Mazkur videomurojaat fuqaro N.M. tomonidan taqdim etilgan bo‘lib, u belgilangan tartibda va tezkorlik bilan o‘rganib chiqildi.O‘rganish natijasida aniqlanishicha, fuqaro N.M. bilan bank o‘rtasida hech qanday shartnomaviy munosabatlar mavjud emas. Shuningdek, o‘tkazilgan surishtiruv jarayonida ushbu kredit fuqaro M.F. nomiga rasmiylashtirilgani ma’lum bo‘ldi.Fuqaro M.F. nomiga rasmiylashtirilgan kredit yuzasidan barcha hujjatlar amaldagi qonunchilik talablariga muvofiq rasmiylashtirilgan hamda ish yuritilgan.Ma’lumki, O‘zbekiston Respublikasining “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida”gi Qonunining 29-moddasiga muvofiq, vakil orqali berilgan murojaatlar faqat tegishli vakolat hujjatlari (ishonchnoma) mavjud bo‘lgan taqdirdagina ko‘rib chiqiladi. Mazkur holatda esa bunday hujjatlar taqdim etilmagan.Yuqoridagilardan kelib chiqqan holda, kelgusida qonunda belgilangan tartibda rasmiy ishonchnoma taqdim etilgan taqdirda, ajratilgan kredit yuzasidan qonuniy asosda ma’lumot berilishi mumkinligi ma’lum qilinadi.Shu munosabat bilan, ushbu murojaatni qonunchilik doirasida mazmunan ko‘rib chiqish uchun huquqiy asoslar mavjud emasligi hamda mazkur murojaatga nisbatan Qonunning 29-moddasi talablarini qo‘llash lozimligi to‘g‘risida xulosa qilindi. Bu esa bank tomonidan amaldagi qonunchilik talablariga qat’iy rioya etilganligini anglatadi.
RASMIY MUNOSABAT
05-fevral, 2026
“DAVR BANK” XATB rasmiy bayonoti
“DAVR BANK” XATB Yakkasaroy filialiga kelib tushgan murojaatga asosan, 2026 yil 23 yanvar kuni amalga oshirilgan operatsiyalar yuzasidan quyidagilar ma’lum qilinadi.2026 yil 23 yanvar kuni soat 10:55 atrofida mijoz — “T.T.S” MCHJga tegishli hisob raqamdan4 567 891 234 (to‘rt milliard besh yuz oltmish yetti million sakkiz yuz to‘qson bir ming ikki yuz o‘ttiz to‘rt) so‘mmablag‘ boshqa bank mijozi hisoblangan “Z” MCHJning hisob raqamiga o‘tkazilgan.Mazkur operatsiya bank xodimlarining harakatlari yoki ijtimoiy tarmoqlarda muhokama qilinayotganidek, xakerlik hujumi natijasida emas, balki mijozga taqdim etilgan e-pass kaliti orqali amalga oshirilgan. Operatsiya bajarilgan qurilmaning IP manzillari aniqlangan bo‘lib, holat yuzasidan vaziyatga oydinlik kiritilgan.Ushbu holat bo‘yicha “DAVR BANK” XATB tomonidan mijozning 2026 yil 27 yanvar kungi №12-sonli murojaatiga rasmiy javob xati taqdim etilgan.Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasining “Naqd pulsiz hisob-kitoblar to‘g‘risida”gi №3229-sonli Nizomining 20-bandiga muvofiq:“Mijozlar tomonidan taqdim etilgan to‘lov hujjatlarining rasmiylashtirilishi va ulardagi ma’lumotlarning to‘g‘riligi uchun javobgarlik ushbu hujjatni imzolagan mijoz zimmasiga yuklatiladi. Tizim orqali yuborilgan to‘lov hujjatlaridagi ma’lumotlarning to‘g‘riligi uchun mijoz javobgar hisoblanadi.”Mazkur norma asosida, tizim orqali mijoz tomonidan amalga oshirilgan ushbu to‘lov operatsiyasi bo‘yicha bank qonunchilikka muvofiq javobgarlikni o‘z zimmasiga olmaydi.“DAVR BANK” jamoatchilikka faqat tekshirilgan va rasmiy ma’lumotlarni taqdim etish tamoyiliga qat’iy amal qiladi hamda fuqarolarni to‘lov operatsiyalarini amalga oshirish jarayonida hushyor va ehtiyotkor bo‘lishga chaqiradi. 
“DAVR BANK” XATB rasmiy bayonoti
04-fevral, 2026
Bank shaxsiy ma’lumotlarni so‘ramaydi!
Noma’lum raqamlardan kelgan qo‘ng‘iroqlar, shubhali manbalardagi havolalar,«Hisobingiz bloklandi»,«Zudlik bilan tasdiqlang»,«Agar hozir javob bermasangiz mablag‘ingiz yo‘qoladi»kabi shoshilinch xabarlar bular firibgarlikning eng keng tarqalgan usullaridir.Yodda tuting: Davr Bank hech qachon telefon yoki messenjerlar orqali quyidagi ma’lumotlarni so‘ramaydi:·         bank kartangiz raqamini,·         amal qilish muddati va CVV-kodini,·         SMS orqali kelgan tasdiqlash kodlarini,·         shaxsiy parollar va PIN-kodlarni.Shuningdek, messenjerlar orqali kelgan shubhali fayllarni ochmang va qurilmangizga noma’lum ilovalarni o‘rnatmang.Agar kimdir o‘zini bank xodimi deb tanishtirib, ushbu ma’lumotlarni talab qilsa — bu bank emas, bu firibgar.Shubhali murojaatlarda:·         havolalarga o‘tmang,·         shaxsiy ma’lumotlaringizni oshkor qilmang,·         darhol bank bilan rasmiy aloqa kanallari orqali bog‘laning.Davr Bank sizning moliyaviy xavfsizligingizni ustuvor vazifa deb biladi.Hushyor bo‘ling, ehtiyotkorlikni qo‘ldan boy bermang va firibgarlarga biror imkon ham qoldirmang.
Bank shaxsiy ma’lumotlarni so‘ramaydi!
27-yanvar, 2026
Nafaqalar endi avtomatik amalga oshiriladi. Davlat ijtimoiy sug'urta jamg'armasidan yangi tartib
Davlat ijtimoiy sug‘urta jamg‘armasi: yangi nafaqalar qulay va proaktiv tartibda 2026-yildan boshlab Davlat ijtimoiy sug‘urta jamg‘armasi orqali fuqarolarga nafaqalar tayinlash va to‘lash tizimi yanada takomillashtiriladi. Jumladan, 2026-yil 1-yanvardan homiladorlik va tug‘ish nafaqasi, 2026-yil 1-iyuldan esa vaqtincha mehnatga layoqatsizlik nafaqasi Davlat ijtimoiy sug‘urta jamg‘armasi tomonidan tayinlanadi va to‘lanadi. Muhim jihati shundaki, ushbu nafaqalar fuqarolarning alohida murojaatisiz, ya’ni proaktiv shaklda avtomatik tarzda tayinlanadi. Bu esa ortiqcha hujjatlar va vaqt sarfini kamaytirib, aholiga yanada qulaylik yaratadi. 📞 Batafsil ma’lumot uchun: 1070 
Nafaqalar endi avtomatik amalga oshiriladi. Davlat ijtimoiy sug'urta jamg'armasidan yangi tartib
23-yanvar, 2026
RASMIY MUNOSABAT
2026 yil 22 yanvar kuni Facebook ijtimoiy tarmog‘idagi Obidjon Latipov nomli sahifada e’lon qilingan videomurojaat yuzasidan “Davr bank” XATB quyidagilarni ma’lum qiladi:“Davr bank” XATB naqdsiz hisob-kitoblarni rivojlantirish borasidagi davlat siyosatini qo‘llab-quvvatlaydi. Shu sababli, milliy to‘lov tizimlaridagi so‘m kartalaridan POS terminallar orqali to’lovlar  uchun videomurojaatda aytib o‘tilgan cheklov o‘rnatilmagan.Biroq, xalqaro to‘lov tizimlari orqali amalga oshiriladigan tranzaksiyalarda firibgarlik holatlari tez-tez kuzatilayotganligi sababli xalqaro to‘lov tizimlari kartalari orqali to‘lov terminallari orqali amalga oshiriladigan amaliyotlarga har bir terminal uchun kunlik 1000 AQSh dollari ekvivalenti miqdorida cheklovlar joriy etilgan.   Mazkur choralar “Banklar va bank faoliyati to‘g‘risida”gi Qonunga muvofiq bo‘lib, bankning risklarni boshqarish va ichki siyosatiga asoslangan. Bank naqdsiz to‘lovlarning xavfsizligi va shaffofligini ta’minlash orqali o‘z mijozlarining mablag‘lari va manfaatlarini himoya qilish choralarini ko’rishda davom etadi.Shuningdek, murojaat muallifi tomonidan ko‘tarilgan masala bank mutaxassislari tomonidan o‘rganilib, qisqa fursatda ijobiy hal etildi va mijozning amaliyoti shu kunning o‘zida muvaffaqiyatli yakunlandi.
RASMIY MUNOSABAT
29-dekabr, 2025
Bayram kunlarida ish vaqtimiz
Aziz mijozlarimiz!“Davr bank” Yangi yil bayramida ham sizning yoningizda! Valyuta amaliyotlariga bo‘lgan ehtiyojingizni qondirish maqsadida 2026-yil 2–3-4-yanvar kunlari tanlangan filiallarimiz maxsus jadval asosida ishlaydi:№Filial nomiManzilIsh vaqti1Amaliyot boshqarmasiToshkent shahar9.00-15.002Chilonzor filialiToshkent shahar9.00-15.003Yakkasaroy filialiToshkent shahar9.00-15.004Mirzo Ulug'bek filialiToshkent shahar9.00-15.005Uchtepa filialiToshkent shahar9.00-15.006Olmazor filialiToshkent shahar9.00-15.007Yunusobod filialiToshkent shahar9.00-15.00 Bayram kunlarida valyuta ayirboshlash va zarur bank amaliyotlari mavjud.Mobil ilovamiz orqali esa 24/7 xizmatlardan foydalanishingiz mumkin! Sizlarni Yangi yil bilan tabriklaymiz, sog‘lik-salomatlik va baxt tilaymiz! 🎉Sizning ishonchli hamkoringiz — “Davr bank”!
Bayram kunlarida ish vaqtimiz
05-dekabr, 2025
"Sergeli" bank xizmatlari markazining manzilini ko‘chirish bo‘yicha qaror qabul qilindi
2025-yil 4-dekabr kuni bo‘lib o‘tgan “Davr bank” XATB Boshqaruvi yig‘ilishida Olmazor filialiga qarashli “Sergeli” Bank xizmatlari markazining joylashuv manzilini o‘zgartirish bo‘yicha qaror qabul qilindi.Ushbu qaror mijozlar uchun yanada qulay sharoit yaratish, ko‘rsatilayotgan bank xizmatlari – jumladan, avtokredit, ipoteka kreditlari, mikroqarzlar va boshqa xizmatlarga bo‘lgan talabning oshib borayotganini inobatga olgan holda qabul qilindi. Shuningdek, Sergeli tumani aholisi hamda korxona va tashkilotlar tomonidan kelib tushgan murojaatlar ham e’tiborga olindi.Qarorga muvofiq, “Sergeli” Bank xizmatlari markazi kelgusida Toshkent shahri, Sergeli tumani, Bunyodobod MFY, Yangi Sergeli ko‘chasi, 18-a uy manziliga ko‘chirilishi belgilangan. Hozirda mazkur manzilni tayyorlash va ko‘chirish jarayoni bo‘yicha zarur tashkiliy ishlar olib borilmoqda.Yangi manzilda markaz faoliyatining boshlanishi haqida qo‘shimcha rasmiy ma’lumot e’lon qilinadi.“Davr bank” XATB mijozlarga ko‘rsatiladigan xizmatlar sifatini oshirish, qulaylik yaratish va xizmatlarning ommabopligini ta’minlash bo‘yicha izchil ishlarni davom ettiradi.Yangi maskanda sizni yanada qulay sharoitlarda kutib qolamiz.
"Sergeli" bank xizmatlari markazining manzilini ko‘chirish bo‘yicha qaror qabul qilindi
03-dekabr, 2025
“Davr Bank” Xususiy aksiyadorlik tijorat banki aksiyadorlariga muhim e’lon
“Davr Bank” XATB 2025-yil 25-dekabr kuni Toshkent shahrida aksiyadorlarning navbatdan tashqari umumiy yig‘ilishini o‘tkazishini ma’lum qiladi. Tadbir Shayxontoxur tumani, Navoiy–Zarqaynar ko‘chasi, Blok “A” manzilida bo‘lib o‘tadi. Yig‘ilish soat 18:00 da boshlanadi, ishtirokchilarni ro‘yxatga olish esa 17:30 da boshlanadi.Mazkur yig‘ilish bank faoliyatida muhim ahamiyatga ega bo‘lgan masalani ko‘rib chiqishni nazarda tutadi.Kun tartibiBalansdan tashqari hisobvaraqlarga o‘tkazilgan va besh yil davomida to‘lanmagan aktivlarni - asosiy qarzlar hamda ularga hisoblangan foizlarni - bank balansidan chiqarish masalasini ko‘rib chiqish.Ushbu yig‘ilish bankning moliyaviy barqarorligi va hisob-kitoblar shaffofligini ta’minlashga qaratilgan strategik qarorlarni qabul qilishda muhim ahamiyat kasb etadi.“Davr Bank” barcha aksiyadorlarni belgilangan vaqtda yig‘ilishda faol ishtirok etishga taklif etadi.
“Davr Bank” Xususiy aksiyadorlik tijorat banki aksiyadorlariga muhim e’lon
12-noyabr, 2025
“Ipoteka xizmati” Bank xizmatlari markazi faoliyatining to‘xtatilishi haqida e’lon
Hurmatli mijozlar!Sizlarga shuni ma’lum qilamizki, “Davr bank” XATBning Toshkent shahar, Yakkasaroy tumani, Kichik halqa yo‘li, 1a manzilida joylashgan “Ipoteka xizmati” Bank xizmatlari markazi faoliyati to‘xtatilganligini e’lon qilamiz.Shu munosabat bilan, barcha xizmatlar endilikda “Davr bank”ning boshqa Bank xizmatlari markazlari, filiallarida hamda “Davr Mobile 2.0” rasmiy mobil ilovasi orqali ko‘rsatiladi.Qo‘shimcha ma’lumot uchun quyidagi telefon raqamlariga murojaat qilishingiz mumkin:📞 1284 📞 +9982074040Biz doimo mijozlarimizga qulay va sifatli bank xizmatlarini taqdim etishga harakat qilamiz.
“Ipoteka xizmati” Bank xizmatlari markazi faoliyatining to‘xtatilishi haqida e’lon
11-noyabr, 2025
⚠️ Diqqat! Firibgarlar yangi usulda faoliyat yuritmoqda!
Bugungi kunda ko‘plab foydalanuvchilarga fayl yoki hujjat ko‘rinishida zararli virus yuborilmoqda. Ular ko‘pincha o‘zlarini bank xodimi, kompaniya vakili yoki tanish inson sifatida tanishtirib, sizni faylni ochishga undashadi. 📎 Faylni ochgan zahoti, virus sizning telefoningiz yoki kompyuteringizga kirib, bank hisob raqamingizdagi mablag‘ni o‘g‘irlashi mumkin. 🔒 O‘zingizni himoya qiling:▫️Begona manbalardan kelgan fayllarni ochmang.▫️Noma’lum raqamlar yoki ijtimoiy tarmoqlardan kelgan havolalarni bosmang.▫️Bank ma’lumotlaringizni hech kimga yubormang. Har doim ruxsat etilgan rasmiy ilovalar orqali ishlang. 💡 Yodda tuting: sizning xavfsizligingiz — o‘zingizning ehtiyotkorligingizga bog‘liq!
⚠️ Diqqat! Firibgarlar yangi usulda faoliyat yuritmoqda!
28-oktabr, 2025
Firibgarlardan ogoh bo‘ling!
So‘nggi yillarda raqamli xizmatlar kengayishi bilan birga, internet firibgarligi holatlari ham ortib bormoqda. Davr bank mijozlari xavfsizligini birinchi o‘ringa qo‘yadi va har bir foydalanuvchini moliyaviy firibgarliklardan ogoh bo‘lishga chaqiradi. Quyida sizni himoya qilishga yordam beradigan muhim tavsiyalar bilan tanishib chiqishingiz mumkin.Shaxsiy ma’lumotlaringizni hech kimga bermangBank xodimlari hech qachon sizdan telefon orqali PIN-kod, SMS orqali yuborilgan tasdiqlash raqamlari yoki kartangizning orqa tomonidagi CVV-kodni so‘ramaydi. Agar sizdan kimdir bunday ma’lumotlarni so‘rasa — bu firibgarlik bo‘lishi ehtimoli juda yuqori.Rasmiy manbalardan foydalaningMobil ilovani yuklab olish yoki internet-bankingga kirishda faqat bankning rasmiy veb-sayti — www.davrbank.uz yoki tasdiqlangan ilovalar do‘konlaridan foydalaning. Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalayotgan noma’lum havolalarga kirmang va shaxsiy ma’lumotlaringizni kiritmang.Soxta sovrinlar va “yutuqli o‘yinlar”ga ishonmangFiribgarlar ko‘pincha “Siz yutdingiz!” kabi yolg‘on xabarlar orqali kartangiz ma’lumotlarini qo‘lga kiritishga harakat qilishadi. Davr bank hech qachon mijozlardan yutuqni olish uchun oldindan to‘lov talab qilmaydi.Kartangizni va “Davr Mobile 2.0” ilovasini himoyalangKartangizdan faqat ishonchli joylarda foydalaning.“Davr Mobile 2.0” ilovasi uchun qiyin parol yarating va uni muntazam ravishda yangilab turing.Agar kartangiz yo‘qolsa yoki shubhali tranzaksiya sezsangiz, uni darhol bloklang.Xavfsizlik – sizning qo‘lingizdaDavr bank mijozlarining moliyaviy xavfsizligi uchun doimiy tarzda axborot tizimlarini takomillashtirib boradi. Ammo firibgarlardan himoyalanishda har bir mijozning hushyorligi ham muhim ahamiyatga ega. Shubhali holatlarda bankning rasmiy aloqa markaziga murojaat qiling va o‘zingizni, shaxsiy mablag‘laringizni himoya qiling!
Firibgarlardan ogoh bo‘ling!
08-oktabr, 2025
IFC va “Davr bank”: kichik biznesni rivojlantirish va ayollar tadbirkorligini qo‘llab-quvvatlash yo‘lida yangi qadam
· 40 million dollarlik moliyalashtirish paketi O‘zbekiston bo‘ylab kichik korxonalarni kreditlashni kengaytirishga yo‘naltirildi. Bundan 25 foizi ayollar rahbarligidagi bizneslarga ajratiladi.· Loyihadan bo'sh ish o‘rinlarini yaratish, innovatsiyalarni rag‘batlantirish va inklyuziv iqtisodiy o‘sishni ta’minlash maqsad qilingan.2025 yilning 25 sentyabrida tadbirkorlar uchun moliyaviy imkoniyatlarni kengaytirish maqsadida Xalqaro moliya korporatsiyasi (IFC) va “Davr bank” o‘rtasida 40 million dollarlik kredit kelishuvi imzolandi. Ushbu mablag‘lar mamlakat bo‘ylab kichik korxonalarni qo‘llab-quvvatlash, ayniqsa ayollar rahbarligidagi bizneslarni rivojlantirishga xizmat qiladi.Moliyalashtirish paketi IFCning 30 million dollarlik shaxsiy krediti hamda Invest in Visions GmbH (mikro va kichik kreditlar bo‘yicha ijtimoiy ta’sir investori) tomonidan jalb qilingan qo‘shimcha 10 million dollardan iborat. Bu mablag‘lar kichik biznesdagi moliyaviy yetishmovchilikni bartaraf etishda muhim ahamiyat kasb etadi.“IFC bilan hamkorlik orqali biz mamlakatdagi kichik biznes va ayol tadbirkorlarni yanada kuchliroq qo‘llab-quvvatlaymiz. Ular O‘zbekiston iqtisodiyotidagi yangilik va barqarorlikning asosiy harakatlantiruvchi kuchidir. Bank xizmatlaridan foydalanish imkoniyatlarini oshirish orqali biz minglab tadbirkorlarning salohiyatini oshirishga ko‘maklashamiz” — dedi “Davr bank” Boshqaruvi raisi Abdumajid Samadov.O‘zbekiston iqtisodiyotida mikro va kichik bizneslar muhim o‘rin tutadi hamda bandlikning katta qismini tashkil qiladi. Biroq bu sohadagi tadbirkorlar, ayniqsa ayollar rahbarligidagi bizneslar, hanuz moliyalashtirishda ayrim muammolarga duch kelishadi.“Mikro va kichik bizneslarni, ayniqsa ayollar rahbarligidagi korxonalarni qo‘llab-quvvatlash — IFCning O‘zbekistondagi asosiy ustuvor yo‘nalishlaridan biridir. Bizning “Davr bank”ga kiritadigan investitsiyamiz orqali inklyuziv o‘sishni rag‘batlantirish, yangi ish o‘rinlarini yaratish va mamlakatning xususiy sektorini mustahkamlashni maqsad qilganmiz”, — dedi IFCning Markaziy Osiyo va Turkiya bo‘yicha Moliya muassasalari guruhi mintaqaviy menejeri Alen Nunk.Ushbu loyiha IFC’ning MSME Finance Platform – Base of the Pyramid Envelope dasturi doirasida amalga oshirilmoqda. U moliyaviy inklyuziyani kengaytirish, shu jumladan, mikro va kichik bizneslar, norasmiy faoliyat bilan shug‘ullanuvchi tadbirkorlar hamda kam daromadli aholiga uzoq muddatli moliyaviy resurslar taqdim etishga qaratilgan.
IFC va “Davr bank”: kichik biznesni rivojlantirish va ayollar tadbirkorligini qo‘llab-quvvatlash yo‘lida yangi qadam
19-sentabr, 2025
UnionPay bilan Shinjon (Sinzyan)ga sayohat — chegirmalar olamiga sho‘ng‘ing!
Davr bank – Markaziy Osiyo va Belarusda UnionPay kartalarini chiqaruvchi yirik banklardan biri sifatida, xalqaro UnionPay kartalari egalari uchun maxsus taklif taqdim etadi. Aksiya 2025 yilning iyun oyidan 2026 yilning mart oyigacha Shinjon hududida amal qiladi hamda quyidagi xizmat yo‘nalishlarini qamrab oladi: aeroportlar, mehmonxonalar, restoranlar va savdo markazlari.Dastur doirasida mijozlar UnionPay kartalari orqali to‘lov amalga oshirib, xarid vaqtida darhol chegirmalardan foydalanish imkoniyatiga ega bo‘ladilar. Ushbu taklif barcha xorijda chiqarilgan, 62 raqami bilan boshlanuvchi UnionPay kartalari uchun amal qiladi.Imtiyozlar amal qilish joyi:· Aeroportlar: 50 yuan va undan yuqori xarid uchun 10 yuan chegirma. Limit: kuniga 1 marta, oyiga 4 martagacha.· Mehmonxonalar: 60 yuan va undan yuqori to‘lovlarda 10 yuan chegirma. Limit: kuniga 1 marta, oyiga 4 martagacha.· Restoranlar: 20 yuanlik buyurtmada 5 yuan chegirma; tezkor ovqatlanish shoxobchalarida (ban’mian kabi) 21 yuanlik buyurtmada 20 yuan chegirma. Limit: kuniga 1 marta, oyiga 4 martagacha.· Savdo markazlari: 800 yuan va undan yuqori xaridlarda 50 yuan chegirma, 100 yuan va undan yuqori xaridlarda 10 yuan chegirma. Limit: kuniga 1 marta, oyiga 4 martagacha.“Davr bank” logotipining Shinjonda joylashtirilgani bankning xalqaro yo‘nalishdagi faoliyati kengayib borayotganini va to‘lov xizmatlari bozorida o‘z pozitsiyasini mustahkamlab borayotganini tasdiqlaydi.UnionPay to‘lov tizimi bilan hamkorlik “Davr bank” mijozlari uchun xorijda ham zamonaviy xizmatlar va qulay imkoniyatlar yaratib bermoqda. Bu esa bankning xizmat hududini kengaytirish strategiyasiga to‘liq mos keladi.
UnionPay bilan Shinjon (Sinzyan)ga sayohat — chegirmalar olamiga sho‘ng‘ing!
05-sentabr, 2025
Davr Bank va UzAuto Motors: Chevrolet Damas, Onix va Tracker uchun yangi avtokreditlar
“Davr Bank” XATB va “UzAuto Motors” o‘rtasidagi hamkorlik yo’lga qo’yildi va yangi avtokredit dasturi ishga tushirildi. Endilikda mijozlar Chevrolet Damas, Onix va Tracker avtomobillarini qulay va moslashuvchan shartlarda xarid qilish imkoniyatiga ega bo‘ladilar.Yangi mahsulotning maqsadi – aholining zamonaviy va ishonchli avtomobillarga bo‘lgan talabini qondirish, uzoq muddatli kreditlash imkoniyatlarini kengaytirish va mijozlarga maksimal qulaylik yaratishdir. Kredit shartlariAvtomobillar: Chevrolet Damas, Onix, TrackerKredit muddati: 13 oydan 60 oygachaBoshlang‘ich to‘lov: avtomobil qiymatining 30% dan boshlab Foiz stavkalari:- Daromadi tasdiqlangan mijozlar uchun – 0%- Daromadi tasdiqlanmagan mijozlar uchun – 0% dan 19% gachaKredit valyutasi: milliy valyuta – so‘mTo‘lov usuli: avtomobil puli to‘liq UzAuto Motors hisob raqamiga o‘tkaziladi KREDIT SHARTLARI RASMIY DAROMADGA EGA BO'LGAN SHAXSLAR UCHUN:- 15 oy:Boshlang'ich badal - 30%, foiz stavkasi - 0%- 18 oy:Boshlang'ich badal - 40%, foiz stavkasi - 0%- 22 oy:Boshlang'ich badal - 50%, foiz stavkasi - 0%- 24 oy:Boshlang'ich badal - 60%, foiz stavkasi - 0%- 36 oy:Boshlang'ich badal - 70%, foiz stavkasi - 0% KREDIT SHARTLARI RASMIY DAROMADGA EGA BO'LMAGAN SHAXSLAR UCHUN:- 13 oy:Boshlang'ich badal - 30%, foiz stavkasi - 0%- 22 oy:Boshlang'ich badal - 55%, foiz stavkasi - 0%- 24 oy:Boshlang'ich badal - 30%, foiz stavkasi - 10%Boshlang'ich badal - 50%, foiz stavkasi - 4%Boshlang'ich badal - 60%, foiz stavkasi - 0%- 30 oy:Boshlang'ich badal - 50%, foiz stavkasi - 7%Boshlang'ich badal - 60%, foiz stavkasi - 0%- 36 oy:Boshlang'ich badal - 30%, foiz stavkasi - 15%Boshlang'ich badal - 50%, foiz stavkasi - 10%Boshlang'ich badal - 70%, foiz stavkasi - 0%- 48 oy:Boshlang'ich badal - 30%, foiz stavkasi - 17%Boshlang'ich badal - 50%, foiz stavkasi - 13%- 60 oy:Boshlang'ich badal - 30%, foiz stavkasi - 19%Boshlang'ich badal - 50%, foiz stavkasi - 15%Asosiy afzalliklar• Rasmiy daromadga ega shaxslarga qisqa muddatli kreditlar (15–24 oy) uchun – 0% stavka;• Rasmiy daromadga ega bo’lmagan shaxslar uchun qisqa va o’rta muddatli kreditlar (13-36 oy) uchun – 0% stavka bilan olish imkoniyati;• Boshlang‘ich to‘lov atigi 30% dan boshlanadi;• Daromadni tasdiqlamagan mijozlar uchun ham uzoq muddatli (60 oygacha) kredit imkoniyati mavjud;• Kredit to‘lovlari bo‘yicha moslashuvchan jadval.Kredit olish tartibi1. Ariza topshirish: mijoz “Davr Bank” filiallaridan biriga murojaat qiladi.2. Zarur hujjatlar:o Pasport (yoki boshqa, shaxsni tasdiqlovchi hujjat);o Daromad to‘g‘risida ma’lumotnoma (agar mavjud bo‘lsa);o Avtomobil xaridi bo‘yicha shartnoma.3. Kreditni ko‘rib chiqish: hujjatlar va mijozga kredit ajratish imkoniyati bilan bog’liq ma’lumotlar bank tomonidan tahlil qilinib, qaror qabul qilinadi.4. Kredit mablag‘ini o‘tkazish: avtomobilni xarid qilish uchun to’lov to‘g‘ridan-to‘g‘ri “UzAuto Motors” hisob raqamiga o‘tkaziladi.5. Avtomobilni rasmiylashtirish: mijoz avtomobilni rasmiy dilerlardan qabul qilib oladi va avtomobil mijoz nomiga rasmiylashtiriladi.Kredit kimlar uchun beriladi?• O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari;• 18 yoshdan katta, muomalaga layoqatli shaxslar;• Daromadi tasdiqlangan va tasdiqlanmagan jismoniy shaxslar;• O‘zini-o‘zi band qilgan jismoniy shaxslar;• Yakka tartibdagi tadbirkorlar;• Yuridik shaxslar.“Davr Bank” XATB va “UzAuto Motors” tomonidan taqdim etilayotgan yangi kredit mahsuloti aholiga o‘z orzu qilgan avtomobilini qisqa yoki uzoq muddatli, qulay va shaffof shartlarda xarid qilish imkonini beradi.Batafsil ma’lumotni “Davr Bank” XATB filiallaridan va “UzAuto Motors” kompaniyasining rasmiy dillerlik markazlaridan olishingiz mumkin!
Davr Bank va UzAuto Motors: Chevrolet Damas, Onix va Tracker uchun yangi avtokreditlar
29-avgust, 2025
Bayram va dam olish kunlari ish tartibi
Hurmatli mijozlar, bayram va dam olish kunlarida sizlarga qulaylik yaratish maqsadida 30-avgust kuni "Davr Bank"ning quyidagi valyuta ayirboshlash shaxobchalari 09:00 dan 16:00 gacha faoliyat yuritadi: ▫️ Chilonzor filiali ▫️ Yakkasaroy filiali ▫️ Mirzo Ulug'bek filiali ▫️ Uchtepa filiali ▫️ Yunusobod filiali "Davr Mobile 2.0" ilovasi orqali bank xizmatlaridan uzluksiz 24/7 ravishda foydalanishingiz mumkin.
Bayram va dam olish kunlari ish tartibi
20-avgust, 2025
Diqqat!
"Davr Bank" XATB Xavfsizlik bo‘limi rahbari lavozimiga malakali nomzodlarni suhbat asosida ishga taklif qiladi! Nomzodga qo‘yiladigan talablar: ✅ Quyidagi yo‘nalishlardan birida faoliyat yuritgan bo‘lishi: Ichki ishlar inspeksiyasi; Korrupsiyaga qarshi kurashish departamenti; Tergov departamenti; Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti. Asosiy vazifalar: 🔹 Bank faoliyatida korrupsion va noqonuniy holatlarni aniqlash va bartaraf etish; 🔹 Zarur hollarda ichki tekshiruv guruhlarini tuzish va boshqarish; 🔹 Xavfsizlik va korrupsiyaga qarshi siyosatni ishlab chiqish va joriy etish. Murojaat uchun: 📞+998991771284 📞+998993693131
Diqqat!
01-avgust, 2025
“SHARQONA” MUDDATLI OMONATI OMONATCHILARIGA RASMIY BILDIRISHNOMA
Hurmatli Omonatchi! Siz bilan tuzilgan “Sharqona” nomli milliy valyutadagi muddatli omonat bo‘yicha Ommaviy oferta shartnomasining 7.4-bandiga muvofiq, Bank quyidagilarni ma’lum qiladi: 🔹 Omonat hisobvarag‘iga qo‘shimcha mablag‘lar kiritish imkoniyati butunlay to‘xtatilmoqda! Mazkur o‘zgarish kuchga kiradigan sana: 01 sentyabr 2025 yil O‘zgarishlar haqida ma’lumot Ommaviy oferta shartnomasining 4.3.2-bandga muvofiq quyidagi usullarda taqdim etilmoqda: Rasmiy veb-saytimiz orqali (www.davrbank.uz) PUSH xabarnomalar orqali Agar sizda qo‘shimcha savollar yoki tushunmovchiliklar yuzaga kelsa, 1284 qisqa raqam orqali batafsil ma’lumot olishingiz mumkin. Hurmat bilan, “DAVR BANK” Xususiy aksiyadorlik tijorat banki
“SHARQONA” MUDDATLI OMONATI OMONATCHILARIGA RASMIY BILDIRISHNOMA
30-iyun, 2025
“DAVR BANK” XATB va FMO (Niderlandiyaning Tadbirkorlikni Rivojlantirish Banki) o‘rtasida 75 million AQSh dollarlik kredit shartnomasi imzolandi
O‘zbekistonning “Davr Bank” XATB FMO (Dutch Entrepreneurial Development Bank) bilan 75 million AQSh dollariga teng miqdordagi yuqori darajadagi kredit shartnomasini imzolaganini mamnuniyat bilan e’lon qiladi. Kredit muddati 4 yil bo‘lib, kichik va o‘rta biznes subkreditlari, ayollar va yoshlar subqarz oluvchilari, shuningdek, “yashil” loyihalarni moliyalashtirishga qaratilgan. Imzolash marosimi 2025-yil 14-may kuni Buyuk Britaniyaning London shahrida bo‘lib o‘tgan Yevropa Tiklanish va Taraqqiyot Bankining 34-yillik yig‘ilishi va biznes-forumi doirasida bo‘lib o‘tdi. “Davr Bank” boshqaruvi raisi Abdumajid Samadov quyidagicha izoh berdi: “Biz FMO bilan hamkorlikni yuqori darajada baholaymiz va uni yangi kredit liniyasi orqali davom ettirayotganimizdan mamnunmiz. Bu kredit bizning iqtisodiyotimizdagi muhim sohalarni moliyalashtirishga xizmat qiladi. Ushbu yangi kredit liniyasi bizning kredit portfelimizni yanada kengaytiradi va turli sohalardagi keng ko’lamli mijozlar guruhiga xizmat ko‘rsatish imkoniyatini yaratadi, bu esa mamlakat iqtisodiyotining barqaror rivojlanishiga xizmat qiladi”. “Davr Bank” va FMO o‘rtasidagi hamkorlik 2024-yilda boshlangan bo‘lib, FMO tomonidan kichik va o‘rta biznes, ayollar va yoshlarga tegishli bizneslar, energiya samaradorligi va qayta tiklanuvchi energiya loyihalarini moliyalashtirish uchun 40 million AQSh dollari miqdorida birinchi kredit ajratilgan edi. FMO moliyaviy institutlar direktori Juan Xose Dada Ortis quyidagi fikrni bildirdi: “Yangi kredit liniyasi orqali biz “Davr Bank” bilan hamkorligimizni yanada mustahkamlamoqdamiz. Bankning kichik biznes, ayollar va yoshlarga kredit berishdagi sa’y-harakatlarini, shuningdek, yashil loyihalarni qo‘llab-quvvatlayotganini yuqori baholaymiz. O‘zbekiston iqtisodiyotining barqaror rivojlanishiga hissa qo‘shishda hamkorligimizni davom ettirishni intiqlik bilan kutamiz”. FMO haqidaFMO — bu Niderlandiyaning tadbirkorlikni rivojlantirish banki. Yetakchi impakt-investor sifatida FMO rivojlanayotgan mamlakatlar va yangi bozorlarda xususiy sektorning barqaror o‘sishini qo‘llab-quvvatlaydi, istiqbolli loyihalar va tadbirkorlik tashabbuslariga sarmoya kiritadi. Ushbu bank iqtisodiy va ijtimoiy taraqqiyotga erishishda xususiy sektor muhim rol o‘ynaydi, deb hisoblaydi. 50 yildan ortiq tajribaga ega bo‘lgan FMO mahalliy iqtisodiyotlarni inklyuziv, samarali va barqaror qilishga yordam beradi. Asosiy e’tibor mahalliy iqtisodiyotning quyidagi sohalariga qaratilgan: qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat, energetika, moliyaviy institutlar. FMO umumiy qiymati taxminan 15 milliard yevroga teng portfelga ega bo‘lib, 85 dan ortiq mamlakatda faoliyat yuritadi. Batafsil: www.fmo.nl
“DAVR BANK” XATB va FMO (Niderlandiyaning Tadbirkorlikni Rivojlantirish Banki) o‘rtasida 75 million AQSh dollarlik kredit shartnomasi imzolandi
05-iyun, 2025
Bayram kunlari ish jadvali
Hurmatli mijozlar, Qurbon hayiti dam olish kuni munosabati bilan mijozlarga qulaylik yaratish maqsadida 8-iyun kuni quyidagi valyuta ayirboshlash shaxobchalari 09:00 dan 16:00 gacha faoliyat olib boradi: ▫️ Amaliyot boshqarmasi ▫️ Olmazor filiali ▫️ Uchtepa filiali E’tiboringiz uchun rahmat va dam olish kunlarini maroqli oʻtkazishingizni tilab qolamiz!
Bayram kunlari ish jadvali
04-iyun, 2025
“DAVR BANK” XUSUSIY AKSIYADORLIK TIJORAT BANK AKSIYADORLARI DIQQATIGA
“Davr Bank” Xususiy aksiyadorlik tijorat banki 2025-yilning 25-iyun kuni soat 10:00 da Aksiyadorlar yillik umumiy yig‘ilishini Toshkent shahar, Shayхontohur tumani, Navoiy-Zarqaynar ko‘chasi, Blok “A” manzilida o‘tkazadi. Ishtirokchilarni ro‘yxatga olish vaqti 09:30. Kun tartibi: 1. Bank sanoq komissiyasining soni va shaxsiy tarkibini tasdiqlash; 2. Bank aksiyadorlarining umumiy yig‘ilishi reglamentini tasdiqlash; 3. Bankning 2024-yil yakunlari bo‘yicha yillik hisobotini va 2025-yil uchun biznes rejasini tasdiqlash; 4. 2024-yil yakunlari bo‘yicha bank Boshqaruvining hisobotini tasdiqlash; 5. 2024-yil yakuni bo‘yicha bank Kengashining hisobotini tasdiqlash; 6. 2024-yil yakunlari bo‘yicha bank taftish komissiyasi tomonidan bankning moliyaviy xo‘jalik faoliyatini tekshirish natijasida tuzilgan hisobotni eshitish; 7. Bankning 2024-yil yakunlari bo‘yicha moliyaviy hisobotlarini tasdiqlash; 8. Bankning 2024-yil yakunlari bo‘yicha tashqi auditorning hisobotini tasdiqlash; 9. Bankning 2024-yil yakunlari bo‘yicha foydasini taqsimlash; 10. 2025-yil uchun tashqi auditor tayinlash; 11. Bank Kengashiga a’zolar saylash; 12. Bankning ustaviga o‘zgartirishlar kiritish va uni yangi tahrirda tasdiqlash; 13. Bank Boshqaruv Raisi bilan tuzilgan mehnat shartnomasini uzaytirish; 14. Bankning tashkiliy tuzilmasini qayta ko‘rib chiqish va tasdiqlash.
“DAVR BANK” XUSUSIY AKSIYADORLIK TIJORAT BANK AKSIYADORLARI DIQQATIGA
30-may, 2025
Raddiya: Davr Bank nomidan ochilgan soxta Telegram kanali haqida ogohlantirish
Hurmatli mijozlar! “Davr Bank”nomidan ochilgan soxta (feyk) Telegram kanal faoliyati haqida sizni ogohlantiramiz. Aniqlanishicha, noma’lum shaxslar bank nomidan foydalanib, soxta ijtimoiy kanal orqali mikroqarzlarni **sun’iy ravishda juda past foiz stavkalarda** taklif qilishmoqda. Ta’kidlaymiz: bu Telegram kanalning “Davr Bank”ga hech qanday aloqasi yo’q! Firibgarlik yo‘li bilan ishonchni qozonish va mijozlar ma’lumotlarini qo‘lga kiritish maqsadida tarqatilayotgan bu kabi yolg‘on axborotlarga ishonmang!Bank o‘z xizmatlari haqida ma’lumotlarni faqat quyidagi rasmiy kanallar orqali taqdim etadi: •Rasmiy veb-sayt: davrbank.uz •Rasmiy Telegram kanali: @davrbankuz •Rasmiy Instagram sahifasi: davrbankuz •Rasmiy Facebook sahifasi: DavrBank •Mobil ilova: “Davr Mobile 2.0” •Ishonch telefoni: 1284 Eslatma: Mikroqarzlar bo‘yicha rasmiy foiz stavkalari, shartlar va muddatlar faqat rasmiy platformalarda e’lon qilinadi. Shubhali holatlar yoki savollar yuzasidan darhol 1284 raqamiga murojaat qilishingizni so‘raymiz!
Raddiya: Davr Bank nomidan ochilgan soxta Telegram kanali haqida ogohlantirish
29-may, 2025
“Davr Bank” XATB aksiyadorlari diqqatiga!
Joriy 2025-yilning 18-iyun kuni soat 18:00 da “Davr Bank” xususiy aksiyadorlik-tijorat bankida aksiyadorlarning navbatdan tashqari umumiy yig‘ilishi bo‘lib o‘tadi. Ushbu yig‘ilish kun tartibiga 'IFC' xalqaro moliyaviy tashkiloti bilan tuziladigan yirik bitim shartlarini ko‘rib chiqish va tasdiqlash kiritilgan. Yig‘ilish quyidagi manzilda o‘tkaziladi: Toshkent shahri, Shayxontohur tumani, Navoiy-Zarkaynar ko‘chasi, 'A' bloki. Ishtirokchilarni ro‘yxatga olish soat 18:00 da boshlanadi.
“Davr Bank” XATB aksiyadorlari diqqatiga!
28-may, 2025
DAVR BANK GGSF fondidan 10 million AQSH dollari miqdorida subordinatsiyalashgan qarz jalb qildi
DAVR BANK ekologik, ijtimoiy va barqaror moliyalashni qo‘llab-quvvatlovchi GGSF (Green, Social and Sustainable Finance Fund) fondidan, responsAbility Investments boshqaruvidagi, 10 million AQSH dollari miqdorida subordinatsiyalashgan qarz jalb qildi. Ushbu strategik hamkorlik O‘zbekistonda genderga inklyuziv moliyalashni rivojlantirish bo‘yicha bizning uzoq muddatli majburiyatlarimizni yanada mustahkamlaydi. Mablag‘lar ayol tadbirkorlarni qo‘llab-quvvatlash hamda ma’suliyatli, inklyuziv va barqaror bank tizimini shakllantirishga qaratilgan. DAVR Bank GGSF va responsAbility tashkilotlariga bildirilgan ishonch va samarali hamkorlik uchun minnatdorchilik izhor etadi. Biz ijobiy ijtimoiy ta’sirga ega moliyaviy yechimlarni amalga oshirishda faolligimizni davom ettiramiz.
DAVR BANK GGSF fondidan 10 million AQSH dollari miqdorida subordinatsiyalashgan qarz jalb qildi
04-may, 2025
Aksiyadorlar yig‘ilishi bo‘lib o‘tadi!
2025-yil 5-may kuni soat 18:00 da “Davr Bank” xususiy aksiyadorlik-tijorat bankida navbatdan tashqari umumiy aksiyadorlar yig‘ilishi bo‘lib o‘tadi. Ushbu yig‘ilish kun tartibiga FMO – NEDERlANDSE FINANCIERINGS – MAATSCHAPPIJ VOOR ONTWIKKELINGSLANDEN N.V tomonidan taqdim etilayotgan kredit shartlarini ko‘rib chiqish va tasdiqlash, shuningdek FMO kredit siyosatini qabul qilish kiritilgan. Yig‘ilish quyidagi manzilda o‘tkaziladi: Toshkent shahri, Shayxontohur tumani, Navoiy-Zarkaynar ko‘chasi, "A" bloki. Ishtirokchilarni ro‘yxatga olish soat 18:00 da boshlanadi.
Aksiyadorlar yig‘ilishi bo‘lib o‘tadi!