O‘zbekistonning “Davr Bank” XATB FMO (Dutch Entrepreneurial Development Bank) bilan 75 million AQSh dollariga teng miqdordagi yuqori darajadagi kredit shartnomasini imzolaganini mamnuniyat bilan e’lon qiladi. Kredit muddati 4 yil bo‘lib, kichik va o‘rta biznes subkreditlari, ayollar va yoshlar subqarz oluvchilari, shuningdek, “yashil” loyihalarni moliyalashtirishga qaratilgan.
Imzolash marosimi 2025-yil 14-may kuni Buyuk Britaniyaning London shahrida bo‘lib o‘tgan Yevropa Tiklanish va Taraqqiyot Bankining 34-yillik yig‘ilishi va biznes-forumi doirasida bo‘lib o‘tdi.
“Davr Bank” boshqaruvi raisi Abdumajid Samadov quyidagicha izoh berdi: “Biz FMO bilan hamkorlikni yuqori darajada baholaymiz va uni yangi kredit liniyasi orqali davom ettirayotganimizdan mamnunmiz. Bu kredit bizning iqtisodiyotimizdagi muhim sohalarni moliyalashtirishga xizmat qiladi. Ushbu yangi kredit liniyasi bizning kredit portfelimizni yanada kengaytiradi va turli sohalardagi keng ko’lamli mijozlar guruhiga xizmat ko‘rsatish imkoniyatini yaratadi, bu esa mamlakat iqtisodiyotining barqaror rivojlanishiga xizmat qiladi”.
“Davr Bank” va FMO o‘rtasidagi hamkorlik 2024-yilda boshlangan bo‘lib, FMO tomonidan kichik va o‘rta biznes, ayollar va yoshlarga tegishli bizneslar, energiya samaradorligi va qayta tiklanuvchi energiya loyihalarini moliyalashtirish uchun 40 million AQSh dollari miqdorida birinchi kredit ajratilgan edi.
FMO moliyaviy institutlar direktori Juan Xose Dada Ortis quyidagi fikrni bildirdi: “Yangi kredit liniyasi orqali biz “Davr Bank” bilan hamkorligimizni yanada mustahkamlamoqdamiz. Bankning kichik biznes, ayollar va yoshlarga kredit berishdagi sa’y-harakatlarini, shuningdek, yashil loyihalarni qo‘llab-quvvatlayotganini yuqori baholaymiz. O‘zbekiston iqtisodiyotining barqaror rivojlanishiga hissa qo‘shishda hamkorligimizni davom ettirishni intiqlik bilan kutamiz”.
FMO haqida
FMO — bu Niderlandiyaning tadbirkorlikni rivojlantirish banki. Yetakchi impakt-investor sifatida FMO rivojlanayotgan mamlakatlar va yangi bozorlarda xususiy sektorning barqaror o‘sishini qo‘llab-quvvatlaydi, istiqbolli loyihalar va tadbirkorlik tashabbuslariga sarmoya kiritadi. Ushbu bank iqtisodiy va ijtimoiy taraqqiyotga erishishda xususiy sektor muhim rol o‘ynaydi, deb hisoblaydi. 50 yildan ortiq tajribaga ega bo‘lgan FMO mahalliy iqtisodiyotlarni inklyuziv, samarali va barqaror qilishga yordam beradi. Asosiy e’tibor mahalliy iqtisodiyotning quyidagi sohalariga qaratilgan: qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat, energetika, moliyaviy institutlar. FMO umumiy qiymati taxminan 15 milliard yevroga teng portfelga ega bo‘lib, 85 dan ortiq mamlakatda faoliyat yuritadi. Batafsil: www.fmo.nl