“Davr Bank” XATB 2025-yil 25-dekabr kuni Toshkent shahrida aksiyadorlarning navbatdan tashqari umumiy yig‘ilishini o‘tkazishini ma’lum qiladi. Tadbir Shayxontoxur tumani, Navoiy–Zarqaynar ko‘chasi, Blok “A” manzilida bo‘lib o‘tadi. Yig‘ilish soat 18:00 da boshlanadi, ishtirokchilarni ro‘yxatga olish esa 17:30 da boshlanadi.
Mazkur yig‘ilish bank faoliyatida muhim ahamiyatga ega bo‘lgan masalani ko‘rib chiqishni nazarda tutadi.
Kun tartibi
Balansdan tashqari hisobvaraqlarga o‘tkazilgan va besh yil davomida to‘lanmagan aktivlarni - asosiy qarzlar hamda ularga hisoblangan foizlarni - bank balansidan chiqarish masalasini ko‘rib chiqish.
Ushbu yig‘ilish bankning moliyaviy barqarorligi va hisob-kitoblar shaffofligini ta’minlashga qaratilgan strategik qarorlarni qabul qilishda muhim ahamiyat kasb etadi.
“Davr Bank” barcha aksiyadorlarni belgilangan vaqtda yig‘ilishda faol ishtirok etishga taklif etadi.