Noma’lum raqamlardan kelgan qo‘ng‘iroqlar, shubhali manbalardagi havolalar,
«Hisobingiz bloklandi»,
«Zudlik bilan tasdiqlang»,
«Agar hozir javob bermasangiz mablag‘ingiz yo‘qoladi»
kabi shoshilinch xabarlar bular firibgarlikning eng keng tarqalgan usullaridir.
Yodda tuting: Davr Bank hech qachon telefon yoki messenjerlar orqali quyidagi ma’lumotlarni so‘ramaydi:
· bank kartangiz raqamini,
· amal qilish muddati va CVV-kodini,
· SMS orqali kelgan tasdiqlash kodlarini,
· shaxsiy parollar va PIN-kodlarni.
Shuningdek, messenjerlar orqali kelgan shubhali fayllarni ochmang va qurilmangizga noma’lum ilovalarni o‘rnatmang.
Agar kimdir o‘zini bank xodimi deb tanishtirib, ushbu ma’lumotlarni talab qilsa — bu bank emas, bu firibgar.
Shubhali murojaatlarda:
· havolalarga o‘tmang,
· shaxsiy ma’lumotlaringizni oshkor qilmang,
· darhol bank bilan rasmiy aloqa kanallari orqali bog‘laning.
Davr Bank sizning moliyaviy xavfsizligingizni ustuvor vazifa deb biladi.
Hushyor bo‘ling, ehtiyotkorlikni qo‘ldan boy bermang va firibgarlarga biror imkon ham qoldirmang.