Ma’lumki hozirgi kunda korrupsiyaga qarshi kurashish nafaqat Davr bankda, balki butun Respublika bo`ylab dolzarb masalalardan biri bo’lib kelmoqda. Bankimizda so‘nggi yilllarda mazkur sohaga oid qabul qilingan konseptual ahamiyatga ega ichki normativ-huquqiy hujjatlar, korrupsiyani oldini olishga qaratilgan chora-tadbirlar misolida ham ko‘rish mumkin. Jumladan, bankda muntazam ravishda mijozlar bilan bevosita muloqotlar, suhbatlar, mijozlarga anonim testlar orqali murojaat qilgan holda xulosalarni o’rganib, doimiy ravishda nazorat qilib boriladi.
Shuningdek korrupsiyaga qarshi murosasiz muhitni yaratish bank xodimlarining keng ishtirokida amalga oshirilmoqda, xususan Davr bankning barcha tarkibiy bo’linmalarida, ya’ni bosh ofis, filiallar va BXMlarda xodimlar o’rtasita manfaatlar to’qnashuvini oldini olish maqsadida 1yilda 1marta xodimlar deklaratsiya to’ldirishlari, har chorakda anonim testlar va korrupsiyaga qarshi kurashish me’yoruy hujjatlarini bilish darajasini elektron testlar orqali aniqlash jarayonlari joriy etilgan. Mijozlardan yoki aholidan Davr bank faoliyatiga oid bo’lgan muammo, taklif yoki e’tirozlarni qabul qilish maqsadida ijtimoiy tarmoqlar va telefon orqali ishonch kanallari yo’lga qo’yilgan.
Bundan tashqari yuridik yoki jismoniy shaxslarga kredit ajratish jarayonlarida shaffoflikni ta’minlash maqsadida bir necha bosqichlarini avtomatlashtirish jarayonini yo’lga qo’ymoqdamiz hamda mazkur shaxslarga kredit ajratilgan taqdirda korrupsiyaga qarshi kurashish bo’limi xodimlari tomonidan korrupsion holatlar yo’qligi to’g’risida telefon orqali muntazam va doimiy ravishda so’rovlar o’tkaziladi.
Shu bilan birga bank tomonidan mahallarlarda va bank hududida korrupsiyaga qarshi kurash bo’limi boshlig’i tomonidan suhbatlar o’tkazildi. Unda fuqarolar, jamoatchilik vakillari, bank xodimlari ishtirok etishdi. Suhbat davomida, bankning korrupsiyaga qarshi siyosati va ichki nazorat mexanizmlari taqdim etildi, murojaatlarni ko‘rib chiqish tartibi haqida batafsil ma’lumot berildi, ishtirokchilarni qiziqtirgan savollarga ochiq javoblar qaytarildi. Ushbu suhbat bank faoliyatining shaffofligini namoyon etish hamda jamoatchilik ishonchini mustahkamlashga xizmat qildi.
Xodimlar bilan ishlash Departamenti bilan birgalikda bankga ishga qabul qilinayotgan nomzodlar har tomonlama chuqur o‘rganilgan holda, barcha ma’lumotlari tegishli dasturlar orqali tekshirilib tasdiqlangandan keyin mezonlar asosida shaffof tanlov amalga oshirilishi ta’minlanmoqda, shuningdek, nomzodlarni tanlash va baholash tartibi oshkoralik, xolislik tamoyillari asosida amalga oshiriladi, shu bilan birga teng imkoniyatlarni ta’minlash hamda sog‘lom raqobat muhitini yaratish maqsadida mavjud vakant lavozimlar va ularga bo‘lgan talablarni Bankning “davrbank.uz” onlayn veb-sahifasi, maxsus HeadHunter (hh.uz) platformasi orqali e’lon qilish tizimi yo‘lga qo‘yilgan.
“Davr bank” XATB tizimida korrupsiyaning oldini olish choralarini ko‘rish, uni keltirib chiqarishi mumkin bo‘lgan sabab va shart-sharoitlarni barvaqt aniqlash va bartaraf etish hamda korrupsiyaga qarshi murosasiz muhitni shakllantirish borasidagi ishlar kelgusida ham izchillik bilan davom ettiriladi. “Davr bank” XATB korrupsiyaga qarshi kurashish va korrupsiyaviy holatlarning barvaqt oldini olish bo‘yicha ishlarni samarali tashkil etishda mijozlarining va xodimlarining faolligini va tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlaydi.