Davr bank – Markaziy Osiyo va Belarusda UnionPay kartalarini chiqaruvchi yirik banklardan biri sifatida, xalqaro UnionPay kartalari egalari uchun maxsus taklif taqdim etadi. Aksiya 2025 yilning iyun oyidan 2026 yilning mart oyigacha Shinjon hududida amal
qiladi hamda quyidagi xizmat yo‘nalishlarini qamrab oladi: aeroportlar, mehmonxonalar, restoranlar va savdo markazlari.
Dastur doirasida mijozlar UnionPay kartalari orqali to‘lov amalga oshirib, xarid vaqtida darhol chegirmalardan foydalanish imkoniyatiga ega bo‘ladilar. Ushbu taklif barcha xorijda chiqarilgan, 62 raqami bilan boshlanuvchi UnionPay kartalari uchun amal qiladi.
Imtiyozlar amal qilish joyi:
· Aeroportlar: 50 yuan va undan yuqori xarid uchun 10 yuan chegirma. Limit: kuniga 1 marta, oyiga 4 martagacha.
· Mehmonxonalar: 60 yuan va undan yuqori to‘lovlarda 10 yuan chegirma. Limit: kuniga 1 marta, oyiga 4 martagacha.
· Restoranlar: 20 yuanlik buyurtmada 5 yuan chegirma; tezkor ovqatlanish shoxobchalarida (ban’mian kabi) 21 yuanlik buyurtmada 20 yuan chegirma. Limit: kuniga 1 marta, oyiga 4 martagacha.
· Savdo markazlari: 800 yuan va undan yuqori xaridlarda 50 yuan chegirma, 100 yuan va undan yuqori xaridlarda 10 yuan chegirma. Limit: kuniga 1 marta, oyiga 4 martagacha.
“Davr bank” logotipining Shinjonda joylashtirilgani bankning xalqaro yo‘nalishdagi faoliyati kengayib borayotganini va to‘lov xizmatlari bozorida o‘z pozitsiyasini mustahkamlab borayotganini tasdiqlaydi.
UnionPay to‘lov tizimi bilan hamkorlik “Davr bank” mijozlari uchun xorijda ham zamonaviy xizmatlar va qulay imkoniyatlar yaratib bermoqda. Bu esa bankning xizmat hududini kengaytirish strategiyasiga to‘liq mos keladi.