TikTok platformasi orqali joylashtirilgan
(https://www.tiktok.com/@user6652874529085/video/7604504907550362887)
videomurojaat yuzasidan quyidagilar ma’lum qilinadi.
Mazkur videomurojaat fuqaro N.M. tomonidan taqdim etilgan bo‘lib, u belgilangan tartibda va tezkorlik bilan o‘rganib chiqildi.
O‘rganish natijasida aniqlanishicha, fuqaro N.M. bilan bank o‘rtasida hech qanday shartnomaviy munosabatlar mavjud emas. Shuningdek, o‘tkazilgan surishtiruv jarayonida ushbu kredit fuqaro M.F. nomiga rasmiylashtirilgani ma’lum bo‘ldi.
Fuqaro M.F. nomiga rasmiylashtirilgan kredit yuzasidan barcha hujjatlar amaldagi qonunchilik talablariga muvofiq rasmiylashtirilgan hamda ish yuritilgan.
Ma’lumki, O‘zbekiston Respublikasining “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida”gi Qonunining 29-moddasiga muvofiq, vakil orqali berilgan murojaatlar faqat tegishli vakolat hujjatlari (ishonchnoma) mavjud bo‘lgan taqdirdagina ko‘rib chiqiladi. Mazkur holatda esa bunday hujjatlar taqdim etilmagan.
Yuqoridagilardan kelib chiqqan holda, kelgusida qonunda belgilangan tartibda rasmiy ishonchnoma taqdim etilgan taqdirda, ajratilgan kredit yuzasidan qonuniy asosda ma’lumot berilishi mumkinligi ma’lum qilinadi.
Shu munosabat bilan, ushbu murojaatni qonunchilik doirasida mazmunan ko‘rib chiqish uchun huquqiy asoslar mavjud emasligi hamda mazkur murojaatga nisbatan Qonunning 29-moddasi talablarini qo‘llash lozimligi to‘g‘risida xulosa qilindi. Bu esa bank tomonidan amaldagi qonunchilik talablariga qat’iy rioya etilganligini anglatadi.