2025-yil 4-dekabr kuni bo‘lib o‘tgan “Davr bank” XATB Boshqaruvi yig‘ilishida Olmazor filialiga qarashli “Sergeli” Bank xizmatlari markazining joylashuv manzilini o‘zgartirish bo‘yicha qaror qabul qilindi.
Ushbu qaror mijozlar uchun yanada qulay sharoit yaratish, ko‘rsatilayotgan bank xizmatlari – jumladan, avtokredit, ipoteka kreditlari, mikroqarzlar va boshqa xizmatlarga bo‘lgan talabning oshib borayotganini inobatga olgan holda qabul qilindi. Shuningdek, Sergeli tumani aholisi hamda korxona va tashkilotlar tomonidan kelib tushgan murojaatlar ham e’tiborga olindi.
Qarorga muvofiq, “Sergeli” Bank xizmatlari markazi kelgusida Toshkent shahri, Sergeli tumani, Bunyodobod MFY, Yangi Sergeli ko‘chasi, 18-a uy manziliga ko‘chirilishi belgilangan. Hozirda mazkur manzilni tayyorlash va ko‘chirish jarayoni bo‘yicha zarur tashkiliy ishlar olib borilmoqda.
Yangi manzilda markaz faoliyatining boshlanishi haqida qo‘shimcha rasmiy ma’lumot e’lon qilinadi.
“Davr bank” XATB mijozlarga ko‘rsatiladigan xizmatlar sifatini oshirish, qulaylik yaratish va xizmatlarning ommabopligini ta’minlash bo‘yicha izchil ishlarni davom ettiradi.
Yangi maskanda sizni yanada qulay sharoitlarda kutib qolamiz.