Hurmatli mijozlar!
"Davr Bank" XATB tomonidan onlayn mikroqarz ajratish jarayonida Sizga sugʻurta mahsuloti taklif etiladi. Mijozlarga ko'rsatilayotgan xizmatlarning shaffofligini ta'minlash maqsadida, quyidagi muhim maʼlumotlarga eʼtibor qaratishingizni soʻraymiz:
1. Sugʻurta mahsuloti kredit ajratishning majburiy sharti hisoblanadi Bankning onlayn mikroqarz mahsuloti bo‘yicha sugʻurta shartnomasi tuzilishi kredit ajratishning majburiy shartlaridan biri hisoblanadi.
2. Sugʻurta mukofoti qanday toʻlanadi? Sugʻurta mukofoti Sizga ajratilayotgan kredit mablagʻi hisobidan toʻlanadi hamda alohida toʻlovni amalga oshirishingiz talab etilmaydi.
3. Sugʻurta xizmatini qaysi tashkilotlar ko‘rsatadi? Onlayn mikroqarzlar bo‘yicha sugʻurta xizmatlari quyidagi hamkor sugʻurta tashkilotlari tomonidan taqdim etiladi:
● «QUANTUM INSURANCE» AJ
● «KAFIL-SUG'URTA» AJ
● «NEO INSURANCE CORP» AJ
4. Bankning ushbu jarayondagi maqomi Mazkur munosabatlarda bank faqatgina kreditor maqomida ishtirok etadi.
5. Kredit muddatidan oldin toʻliq soʻndirilganda Agar kredit muddatidan oldin toʻliq soʻndirilsa, sugʻurta shartnomasining foydalanilmagan davri uchun sugʻurta mukofotining tegishli qismi Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 948-moddasiga muvofiq qaytarilmaydi.
Muhim eslatma: Shu sababli, kreditni muddatidan oldin soʻndirish toʻgʻrisida qaror qabul qilishdan avval yuqorida ko'rsatilgan holatni inobatga olishingizni tavsiya etamiz.
Qoʻshimcha savollar yuzaga kelganda, bankning aloqa markaziga (1284) yoki Sizga xizmat koʻrsatuvchi bank bo‘linmasiga murojaat qilishingiz mumkin.