“Davr Bank” XATB mijozlari diqqatiga: Pasport ma'lumotlarini (ID-karta) yangilash haqida muhim xabar!
Hurmatli mijozlar!
Davr Mobile ilovasida ba'zi foydalanuvchilarning pasport ma'lumotlari eskirganligi (masalan, eski pasportdan yangi ID-kartaga o'tilganligi) aniqlanmoqda.
Agar sizning pasportingiz yoki ID-kartangiz o'zgargan bo'lsa, bank xizmatlaridan uzluksiz foydalanish uchun ma'lumotlaringizni zudlik bilan yangilashingizni so'raymiz. Pasport ma'lumotlari o'z vaqtida yangilanmagan taqdirda, tizim tomonidan banl xizmatlaridan foydalanish imkoniyati bank tomonidan cheklanishi mumkin.
(Buning uchun o'zingizga qulay bo'lgan Davr Bank filialiga yangi pasport yoki ID-kartangiz bilan murojaat qilishingizni so'raymiz).
Qo'shimcha savollar yuzasidan Davr Bank aloqa markaziga murojaat qiling: 📞 1284